Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Hujumchi Krishtianu Ronaldu autizm bilan xastalangan bolaga nisbatan agressiv harakat qilgani uchun jazoga tortildi.

Kollaj: “Daryo”

Kollaj: “Daryo”

Portugaliyalik futbolchi APL 2021/22-yilgi mavsum 32-turi doirasida “Everton” va “Manchester Yunayted” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan (1:0) keyin tribuna ostiga yo‘l olayotgan vaqtda muxlislardan birining qo‘liga zarba berib, smartfonini tushirib yuborgandi.

Keyinchalik bolakay autizmga chalingani ma’lum bo‘lgan va uning onasi sudga murojaat qilgandi.

Mazkur vaziyatni o‘rganib qaror chiqargan Angliya futbol assotsatsiyasi (FA) 37 yoshli futbolchining bu ishini “kerak bo‘lmagan va tajovuzkorona” harakat deb topgan. Shu bois Ronaldu ikkita o‘yinga chetlatilgan, 50 ming funt miqdorida jarimaga tortilgan va ogohlantirish olgan.

Eslatib o‘tamiz, 22-noyabr kuni “Manchester Yunayted” Ronaldu bilan amaldagi shartnomani bekor qilgandi. Bunga futbolchining shov-shuvli intervyusi sabab bo‘lgan.

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Ukrainadagi urushni Rossiya boshlamagan” — Putin (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda davlat tashkilotlari mashinalariga gaz quyish vaqtincha taqiqlandi
Mahalliy
Toshkentda Cobalt yo‘ldan o‘tayotgan ona-bolani urib yubordi (video)