Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Dani Olmo jamoasining Jahon Chempionatlaridagi 100-golini urdi.
Olmoning Kosta-Rikaga qarshi o‘yin (7:0) 11-daqiqasida kiritgan to‘pi ispanlar uchun mundiallar tarixidagi 100-gol bo‘ldi. Ushbu bahsda bu ko‘rsatkichni 105 ta golga yetkazib qo‘ydi.
Bu Ispaniya terma jamoasi uchun 16-Jahon Chempionati hisoblanadi.
7:0 hisobidagi g‘alaba “Qizil furiya” uchun Jahon Chempionatlaridagi eng yirik hisob hisoblanadi.
Ispaniyaliklar mazkur o‘yinda 1043 ta uzatma amalga oshirdi, ularning 93,6 foizi aniq bo‘ldi. Shuningdek, Luis Enrike shogirdlari o‘yinning 82% qismida to‘pga egalik qilgan.
Izoh (0)