• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    “Yollanma ishchi bo‘lganimdan uyalmayman” — o‘zbekistonlik mashhur ijodkorlar tanilmasidan avval qanday qiyinchiliklarni boshidan o‘tkazgan?

    Hech bir inson osonlikcha muvaffaqiyatga erishmaydi. San’at vakillari orasida ham karyerasini qiyinchilik bilan boshlagan, muhtojlikdan yollanma ishchi bo‘lishga ham majbur bo‘lganlar bisyor. Ular o‘tgan kunidan uyalmaydi, aksincha bugungi natijalarda u kunlarda hissasi katta deb hisoblashadi.

    Rahmonali Suropov: “Ohakdan oyog‘im kuygan”

    “Qalpoq” hajviy ko‘rsatuvi bilan tomoshabinlarga yaxshi tanish bo‘lgan aktyor Rahmonali Suropov bir necha yil yollanma ishchi bo‘lib ishlashga majbur bo‘lgani haqida so‘zlab berdi.

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    — Mardikor bo‘lganimdan hech qachon uyalmayman. Moliyaviy qiyinchiliklar sabab, erkak kishi bilishi kerak bo‘lgan juda ko‘p hunarlarni yollanma ishchi bo‘lganimdan o‘rganganman. Onam kasalxonada farrosh bo‘lib ishlab, ikki farzandni yolg‘iz ulg‘aytirgan. Bolalikdan bahor faslini yomon ko‘rardim. Chunki uyimizning tomidan ko‘p chakki o‘tardi. Sahargacha to‘lgan idishlarni bo‘shatish bilan tong orttirardik. Xullas, uch yil deganda san’at oliygohiga o‘qishga qabul qilinganman. Ammo poytaxtda yashab, o‘qish oson emasdi. Shu bois, boshqa talabalar qatori yollanma ishlarga chiqqanman. U paytlari “Chor-su” bozorining yonida yollanma ishchilar qatorlashib turishardi. Ammo ularning ko‘pchiligi og‘ir ishlarni qilishni istashmasdi. Bolalikdan og‘ir mehnat qilib o‘rganganim uchun ish tanlamasdim. Bir kuni “Pastdan ohak olib berasiz”, deyishdi. Oyog‘imga uzun etiklarni kiydirib pastda tushirishdi. U yerda ohak qaynab turardi. Uni chelaklab olib berishim kerakligini aytishdi. Suyuq ohakning bir tomchisi ham teriga tushsa, reaksiyaga kirishib, tanaga jarohat yetkazar ekan. Ish paytida oyog‘imga ohak tekkanini bilmay qolibman, oyog‘imning suyagigacha jarohat yetkazibdi. Eng qizig‘i, teri kuygan ammo bir tomchi ham qon chiqmagan. Institutni tamomlagunga qadar darsdan keyin mardikorlik qilishimga to‘g‘ri kelgan, — deydi komik aktyor Rahmonali Suropov.

    Mehriddin Rahmatov: “Ishlagan haqimni ololmagan paytlar ham bo‘lgan”

    O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Mehriddin Rahmatov talabalik yillarida kursdoshlari bilan yollanma ishchi bo‘lishga majbur bo‘lgani va pul topish ilinjida novvoychilikni ham o‘rganganini gapirib berdi.

    Foto: Instagram / @mehriddinrahmatov

    Foto: Instagram / @mehriddinrahmatov

    — Viloyatlik insonlarning Toshkentda o‘qishi oson emas. Ota-onamga yuk bo‘lishni istamaganim uchun ishlashga qaror qilganman. Menga 2-3 ta kursdoshlarim ham sherik bo‘lishgan. Aslida talabalarning mardikorchilikka chiqishi yangilik emas. Yer chopish, axlat tashish, o‘ra to‘ldirish, gilos terish kabi ishlarga chaqirishardi. Ishga chiqqan kunimiz qornimiz ham to‘yardi, bir-ikki so‘m pul ham ishlardik. Ammo kelishilgan haqimizni bermagan yoki yarmini berib, xayr-ho‘sh qilganlar juda ko‘p. Mana shunday voqealardan keyin novvoychilikni o‘rganganman. San’at institutini tamomlagandan keyin ham bir necha oy novvoychilik bilan shug‘ullanganman, — deydi aktyor Mehriddin Rahmatov.

    Gulnora Tolipova: “Meni uy tozalashga chaqirishardi”

    “Jurnalist” va “Shukrona” seriali bilan tomoshabinlarga yaxshi tanish bo‘lgan aktrisa Gulnora Tolipova ham bir paytlar uy-joy olish uchun yollanma xizmatchi bo‘lgani haqida so‘zlab berdi.

    Foto: Gulnora Tolipovaning shaxsiy arxividan

    Foto: Gulnora Tolipovaning shaxsiy arxividan

    — Sobiq turmush o‘rtog‘imning xiyonati va zo‘ravonliklariga chidolmay, ota uyimga qaytib keldim. Ota hovlim ham kamtarona edi. Hech qayerda o‘qitmay maktabni tamomlashim bilan turmushga berishgani uchun ish topishga qiynalganman. O‘g‘lim Shohruh Mirzo hali juda kichkina edi. Shunda tanishlarimdan biri yollanma ishchi bo‘lishni va xonadonlarni tozalashga borishni maslahat bergan. Faqat bir ish bilan cheklanib qolmasdim. Bozorda pista-qurt, ovqat sotardim, uy-tozalashga chaqirishga u yerga ham borib kelardim. Xullas, uy-joy qilaman, mashina olaman deb o‘zimni ayamaganman. 50 ming so‘m pul evaziga xonanda Lola Yo‘ldoshevaning uyini tozalash uchun borgan kunlarim ham esimda, — deydi aktrisa Gulnora Tolipova.

    Jaloliddin Ahmadaliyev: “Santexniklik bo‘yicha malakam bor”

    “Yor bizdan ketdi” va “Menda qolmadi dil” qo‘shiqlari bilan omma e’tiboriga tushgan va yashin tezligida tanilayotgan ijodkor Jaloliddin Ahmadaliyev ham bir paytlar yollanma ishchi bo‘lib ishlagan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    — Maktabni tamomlab, akalarim bilan Rossiyaga ishlashga ketganman. O‘shanda 18 yoshda edim. U yerda qurilish, mashina yuvish shoxobchasida ishladim. Undan keyin O‘zbekistonga qaytib, yana shu ish bilan shug‘ullandim. Keyin dadamning talabi sabab kosibga shogirdlikka tushdim. Ikki yil kosibchilik qildim. Ammo zaharli yelim sabab oshqozonim qattiq og‘riydigan bo‘lib qoldi. Bir muddat Toshkentga borib, santexnik ham bo‘lib ishlaganman. Bu bo‘yicha yaxshigina malakam bor, — deydi Jaloliddin Ahmadaliyev.

    Osmon Navro‘zov: “Rossiyada yollanma ishchi bo‘lganman”

    O‘zbekistondagi internet yulduzi Osmon Navro‘zov ham faoliyatini yollanma ishchilikdan boshlagan. U oilasidagi yetishmovchilik sabab, maktabni tamomlashi bilan muhojirlik safariga otlangan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    — Dadam haqiqiy quruvchi 10 yil Rossiyada ishlagan. Maktabni bitirganimdan keyin dadam shifokorlik bo‘yicha o‘qishimni istagandi. San’atga bo‘lgan qiziqishim yuqoriligi sabab, pul ishlash uchun “Rossiyaga ketaman”, deb turib olganman. Ammo bu ishda hech qanday tajribam yo‘q edi. Shu bois, bir muddat yollanma ishchi bo‘lib ishlaganman. Ustalar beton quyishni yoki suvoqchilikni o‘rgatmoqchi bo‘lishgan, ammo hayolim san’atga bo‘lgani uchun uddasidan chiqolmaganman. Bir muddat ishlaganimdan so‘ng, Qoraqalpog‘istonga qaytib kelganman. Ammo qurilish sohasidan ozmi-ko‘pmi xabarim bor. Shu bois, karantin vaqtida do‘stim bilan Sardobadagi yangi uylarning qurilishida ishlaganmiz, — deydi xonanda Osman Navro‘zov.

    Shahboz Sattorov: “Mardikor bozoridan syomka maydonchasiga qatnardim”

    Ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishlari bilan xalqimizga yaxshi tanish bo‘lgan vayner Shahboz Sattorov poytaxtda kelganida, faoliyatini yollanma ishchilikdan boshlagan.

    Foto: Instagram / @shahboz_sattorov1

    Foto: Instagram / @shahboz_sattorov1

    — 2019-yilning aprel oyida Toshkentga kelganman. Aslida Toshkentda biror tanishim yoki tayinli ishim yo‘q edi. Ammo uydagilarni “Ishga chaqirishayapti” deb aldab kelgandim. Xullas, vokzaldan tushgandan keyin duch kelgan avtobusga o‘tirib, shahar aylangandim. Keyin Zangiotaga borib qolib, mashina yuvish shoxobchasiga kirganman. Sinov asosida ishga olinib, 15 kun mashina yuvganman. Kuniga 25-30 ming so‘m pul topardim, ammo kun bo‘yi zaxda ishlaganim uchun kechasi bilan oyog‘im og‘rib chiqardi. Undan keyin ikki yarim oy “Parkent” bozorida yollanma ishchi bo‘lib ishlaganman. Odamlar rosa ustamon ekanini o‘shanda bilganman. “Ikki arava qurilish axlati bor, shuni tashqariga olib chiqish kerak”, deb uylariga olib borishardi-da, kechgacha bir Kamaz axlatni tashitishardi. O‘sha paytlarda “Zo‘r TV” kanalidagi “Stend up” ko‘rsatuvida ishtirok etardim. Hazillarimning deyarli yarmi mardikor bozorida yozilardi, — deydi komik Shahboz Sattorov.

    Mavzuga doir:

    • McDonald’sda idish yuvgan aktyor, Rossiyada uy qurgan xonanda. Musofirlikni boshdan kechirgan o‘zbekistonlik san’atkorlar (foto)
    • Shukurullo Isroilov — “morg”da, Sevara Nazarxon — “Ippodrom”da. Mashhur bo‘lishidan avval o‘zini turli sohalarda sinab ko‘rgan o‘zbekistonlik san’atkorlar (video)

    23.11.2022, 17:30   Izoh (0)   16219
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Kal bo‘lish, sochlarini bo‘yash va ozish: rejissorlar talablarini bajarishdan bosh tortgan aktyor va aktrisalar

    23.11.2022, 15:59

    “Forsaj-10” filmini suratga olish uchun qancha mablag‘ sarflangani ma’lum qilindi

    23.11.2022, 12:54

    “Kelajakka qaytib” filmi yulduzi Maykl Jey Foks Parkinson kasalligiga qarshi kurashgani uchun “Oskar” mukofotini qo‘lga kiritdi (video)

    23.11.2022, 11:50

    Instagram: Liil Xurramov necha yoshda? Dilnoza Kubayevaga Milliy teatr jamoasining syurprizi, Halima Ibragimovaning blogerlarga munosabati

    22.11.2022, 23:08

    Azim Mullaxonov mudhish avariyaga uchragani hamda yaqinlarining ketma-ket o‘limidan esankirab qolgani haqida (video)

    22.11.2022, 18:44

    Dunyoni yaxshilik qutqaradi: Suratga tushish bilan birga xayriya ishlarini amalga oshiradigan turk kinosi yulduzlari (foto)

    22.11.2022, 17:49
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekiston terma jamoasining CAFA Nations Cup-2025 turniri uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi (foto)

    Sport | 23 avgust, 15:37

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20

    Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 15:00

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40

    Janubiy Koreya harbiy kuchlari KXDR chegarasida ogohlantiruvchi o‘t ochdi

    Dunyo | 23 avgust, 14:20

    Navoiyda soliqchilar tomonidan noqonuniy undirilgan 2 mlrd so‘m tadbirkorga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 14:00

    Ilk bor ota bo‘lgan erkaklar miyasidagi o‘zgarishlar olimlarni hayratga soldi

    Layfstayl | 23 avgust, 13:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.