Fransiya terma jamoasi hujumchisi Olivyer Jiru JCH—2022 1-turi doirasida Avstraliyaga qarshi kechgan bahsda (4:1) dubl muallifiga aylandi.
Bu Jiru uchun Fransiya termasidagi 50 va 51-gollar bo‘ldi. Bu orqali futbolchi jamoa tarixidagi eng yaxshi to‘purar Tyerri Anrining rekordini takrorladi. Anri hisobida ham 51 ta gol mavjud.
Olivye “uchranglilar” safida rekord natija ham qayd etdi. Jiru Jahon Chempionati o‘yinida maydonga tushgan Fransiya termasining eng yoshi katta futbolchisiga aylandi.
36 yosh-u 53 kunlik Jiru bu borada Fransiya sobiq darvozaboni Fabyen Bartezning (35 yosh-u 11 kun) rekordini yangiladi.
Bundan tashqari Bartezning rekordini terma jamoaning ayni vaqtdagi posboni Ugo Lyoris (35 yosh-u 331 kun) ham yangiladi.
Izoh (0)