Futbol bo‘yicha JCH—2022 1-turida Meksika va Polsha jamoalari 22-noyabr, seshanba kuni o‘zaro to‘qnash keldi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limida darvozalar daxlsiz qoldi. Ikkinchi bo‘lim boshida polshaliklar hisobda oldinga chiqib olishi mumkin edi, biroq Robert Levandovski penaltidan unumli foydalana olmadi. Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi.
Shu tariqa ushbu durangdan keyin har ikki jamoa 1 ochkoga ega bo‘ldi. Saudiya Arabistoni 3 ochko bilan guruhda birinchi o‘rinni egallab turgan bo‘lsa, Argentina hisobida ochko yo‘q.
JCH—2022
1-tur bahsi
22-noyabr, seshanba
Meksika — Polsha 0:0
Meksika: Ochoa, Sanches, Moreno, Montes, Galyardo, Errera (Rodriges, 71), Chaves, Alvares, Losano, Martin (Ximenes, 71), Vega (Antuna, 84).Polsha: Shchensni, Kesh, Glik, Kiver, Bereshinski, Kaminski, Krixovyak, Zelinski (Milik, 88), Shimanski (Frankovski, 72), Levandovski, Zalevski (Belik, 46).
Ogohlantirishlar: Sanches (29), Moreno (56), Frankovski (76).
Izoh (0)