Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha JCH—2022 1-turida Fransiya va Avstraliya jamoalari 22-noyabr, seshanba kuni o‘zaro to‘qnash keldi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Uchrashuvning 9-daqiqasida avstraliyaliklar Kreyg Gudvinning golidan keyin oldinga o‘tib oldi. Bunga fransuzlar birinchi bo‘limda Adriyen Rabyo va Olivye Jiruning gollari bilan javob qaytardi.

68-daqiqada Kilian Mbappe jamoasining uchinchi golini urgan bo‘lsa, oradan uch daqiqa o‘tib, Jiru hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi. Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi.

Shu tariqa ushbu g‘alabadan keyin “uchranglilar” uch ochko bilan guruh peshqadamligini o‘z qo‘liga oldi. Avstraliya esa 0 ochko bilan so‘nggi pog‘onada bormoqda. Guruhning dastlabki bahsida Daniya va Tunis o‘zaro durang o‘ynagandi.

JCH—2022

1-tur bahsi

22-noyabr, seshanba

Fransiya — Avstraliya 4:1

Gollar: 0:1 – 9 Gudvin, 1:1 – 27 Rabyo, 2:1 – 32 Jiru, 3:1 – 68 Mbappe, 4:1 – 71 Jiru.

Fransiya: Lyoris, Pavar (Kunde, 89), Upamekano, Konate, Lyuka Ernandes (Teo Ernandes, 13), Rabyo, Tchuameni (Fofana, 77), Jiru (Tyuram, 89), Grizmann, Dembele (Koman, 77), Mbappe.

Avstraliya: Rayan, Atkinson (Degenek, 85), Suttar, Roulz, Bexich, Muy, Irvayn (Bakkus, 85), Makgri (Mabil, 73), Lekki, Dyuk (Kammings, 56), Gudvin (Kuol, 74).

Ogohlantirishlar: Dyuk (55), Irvayn (80), Muy (90+5).

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Yevropa gaz iste’molini kamaytirmoqda
Mahalliy
Toshkentda yong‘in oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi (video)
Dunyo
Ukraina 2 ta aerodromga dronlar bilan zarba berishga urindi — Rossiya Mudofaa vazirligi