• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Maslahatlar

    Changyutkich bilan amalga oshirmaslik kerak bo‘lgan 7 ta holat

    Har qanday texnika yillar davomida foydalanilgandan so‘ng ishdan chiqishi mumkin, changyutkichlar ham bundan mustasno emas. Ammo qimmatbaho qurilmaning buzilmasligi uchun uning nozik tomonlari haqida bilish qo‘yish kerak, deb yozadi “Noviy ochag”.

    Foto: “Noviy ochag”

    Foto: “Noviy ochag”

    Agar changyutkich quvvatini yo‘qotgan bo‘lsa

    Agar changyutkich uzoq vaqt davomida bo‘shatilmagan bo‘lsa, u to‘liq quvvat bilan ishlay olmaydi, shunchaki changni tortib olish uchun joy qolmaydi. Bu qoida, albatta, hammaga ma’lum, ammo ba’zi ishlab chiqaruvchilar chang idishini umumiy yoki bir nechta kichik tozalashdan keyin bo‘shatishni tavsiya qiladi. Agar changyutkich to‘lgan chang idishi bilan ishlashga majbur qilinsa, bu nafaqat samarasiz, balki haddan tashqari qizib ketadi.

    Agar changyutkich changni tortib olishni to‘xtatsa, quyidagilarni bajarish lozim:

    Foto: “Noviy ochag”

    Foto: “Noviy ochag”
    • chang idishini bo‘shatish;
    • shlangni tekshirish;
    • shlangi changyutkichga ulanadigan joyini tiqilib qolgan yoki yo‘qligini tekshirish;
    • changyutkich cho‘tkasiga o‘ralgan barcha narsalarni olib tashlash.
    Ko‘pgina hollarda, ushbu muammolarni bartaraf etish changyutkichni yana yaxshi ishlashi uchun yetarli bo‘ladi.

    Agar changyutkich qizib ketsa va bir necha daqiqadan so‘ng o‘chib qolsa

    Changyutkich qizib ketishi va bir muddat o‘chib qolishi mumkin, bu muammo emas. Agar changyutkich dvigateli 100 darajadan yuqori haroratgacha qizib ketsa, dvigatelni o‘chiradigan sensor ishga tushadi. Avtomatik o‘chirish funksiyasi jiddiy buzilishning oldini olish uchun kerak. Dvigatel ko‘pincha yomon ishlashi tufayli qizib ketadi, bu filtrlar tiqilib qolganda, yuzaga keladi.

    Foto: “Noviy ochag”

    Foto: “Noviy ochag”

    Tiqilib qolgan filtrlar changyutkichning ishlashini sekinlashtirishi mumkin. Aytgancha, tozalashni muntazam ravishda, kamida bir necha oyda bir marta qilish kerak. Vakuum filtrlarini tozalash jarayoni butunlay modelga bog‘liq. Ba’zilarini oddiygina suv ostida suyuq sovun bilan yuvish mumkin. Boshqalari esa bir necha oyda yangilari bilan almashtirilishi kerak.

    Agar filtrlarni o‘zingiz yuvgan bo‘lsangiz, ularni to‘liq quritilganligiga ishonch hosil qilish uchun bir necha kun kutib turish va changyutkichdan foydalanmaslik lozim. Hatto toza filtr ham quruq bo‘lmasa, changyutkich ishdan chiqishi mumkin. Filtrni almashtirish va tozalash chastotasi changyutkich modeliga bog‘liqligini yodda tuting. Bularning barchasi odatda ko‘rsatmalarda belgilangan.

    Agar changyutkichda hid paydo bo‘lsa

    Eng ko‘p uchraydigan sabab — changyutkichga namlik tushishi. U bilan ho‘l va nam changni tozalashga urinmaslik kerak. Ichkarida tutilgan namlik bakteriyalar va mog‘orlarning ko‘payishiga olib kelishi mumkin, bu esa yoqimsiz hidni keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, namlik shlangga ham, teleskopik trubaga ham tushadi, uning devorlarida chang to‘planadi. Changyutkichning ichki qismlari yuvilgandan keyin yaxshi qurishi lozim. Ularda qolgan suv tomchilari ham chirishga, mog‘orlashga va natijada yoqimsiz hidning paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin.

    Changyutkichni to‘liq quvvat bilan ishlatmang

    Uydagi sirtlarni o‘rtacha quvvatda tozalash mumkin, lekin ko‘pchilik har doim to‘liq quvvatdan foydalanadi, bu motorni ortiqcha zo‘riqtiradi. Bundan tozalash sifati yaxshilanmaydi, dvigatel tezroq eskiradi, ko‘proq elektr energiyasi sarflanadi. Shu bilan birga, yuqori sifatli tozalash siri nafaqat ishlatish kuchida, balki to‘g‘ri texnikada ham yotadi.

    Changyutkich hamma narsani tozalamaydi

    Changyutkich uyda to‘plangan oddiy chang va kirni yig‘ish uchun ajoyib vosita, lekin ular polga tushishi mumkin bo‘lgan har qanday axlatni qayta ishlash uchun mo‘ljallanmagan.

    Shisha

    Singan shisha bo‘laklarini changyutkichda tozalab bo‘lmaydi. Shisha parchalari shlang va chang qopiga osongina zarar yetkazishi mumkin, shuningdek, ichki qismlar va hatto changyutkichga yopishib qolishi mumkin.

    Soch

    Oddiy changyutkich ko‘p miqdordagi sochlarga bardosh bera olmaydi, ular tezda qurilma cho‘tkasini qoplab olishi mumkin, natijada qurilmani qo‘shimcha tozalash kerak bo‘ladi. Buning o‘rniga supurgi olib, an’anaviy tarzda supurib tashlash tavsiya etiladi.

    Katta buyumlar

    Ko‘pincha tozalash paytida paypoq, bolalar o‘yinchoqlari yoki tangalar changyutkichga tushib qoladi. Bularning barchasi shlangga yopishib qolishi mumkin. Ko‘pgina hollarda narsalarni bir uchidan tortib olish oson, lekin mahkam yopishib qolgan buyumlarni chiqarib olish ko‘p vaqt talab etadi. Eng og‘ir holatlarda yangi shlangni buyurtma qilish mumkin. Aytgancha, agar changyutkich mebel orasiga tiqilib qolsa, uni shlangdan tortmaslik kerak, buning natijasida qurilma mustahkamligi va quvvatini yo‘qotadi.

    Mavzuga doir:

    • Kiyimlarni uzoq vaqt yaxshi holatda saqlash uchun yuvishda amal qilish kerak bo‘lgan 5 ta maslahat
    • Poyi yo‘qolgan paypoqdan qanday maqsadlarda foydalanish mumkin?
    • Konditsioner kerak emas: Kiyimlarni yumshoq qilib yuvishning 4 ta sinalgan usuli

    23.11.2022, 10:57   Izoh (0)   10403
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ishlash jarayonida tashqi ko‘rinishga zarar yetkazadigan 5 xil odat

    22.11.2022, 20:49

    Hammaga ham aytavermaslik kerak bo‘lgan o‘zingiz haqingizdagi 10 ta sir

    22.11.2022, 10:41

    Har kuni limonli choy ichish organizmga qanday ta’sir qiladi?

    21.11.2022, 15:51

    Kiyimlarni uzoq vaqt yaxshi holatda saqlash uchun yuvishda amal qilish kerak bo‘lgan 5 ta maslahat

    20.11.2022, 20:20

    Ko‘z ostida qora dog‘lar paydo bo‘lishiga nima sabab bo‘ladi?

    20.11.2022, 15:12

    Poyi yo‘qolgan paypoqdan qanday maqsadlarda foydalanish mumkin?

    20.11.2022, 11:32
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonning qaysi hududida eng ko‘p qurilish qilinayotgani maʼlum bo‘ldi

    Iqtisodiyot | 23 avgust, 18:02

    Buyuk Britaniyada orqasida yelkanga o‘xshash organi bor yangi dinozavr turi kashf etildi

    Dunyo | 23 avgust, 17:55

    Gollivuddan qolishmaydi: Qozog‘istonda suratga olingan uchta eng sara filmlar (treyler)

    Kino | 23 avgust, 17:30

    “34 yildan buyon yashayotgan oilaviy tadbirkorlik” — Toshkentdagi eng mashhur somsa va xorijlik mijozlar haqida (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 17:10

    Toshkent viloyatida yuk mashinasi Cobalt’ga urilib, ag‘anadi va yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:45

    Qora sedana: tabiiy dorivor o‘simlikning ilmiy asoslangan shifobaxsh xususiyatlari

    Maslahatlar | 23 avgust, 16:25

    O‘zbekistonda nevrologiya sohasida yangi loyihaga start berildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.