Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Shavkat Mirziyoyev 22-noyabr kuni Fransiya milliy assambleyasiga tashrif buyurgandi. Davlat rahbari Fransiya Milliy yig‘ini raisi Yael Braun-Pive bilan parlamentlar o‘rtasidagi hamda ijtimoiy-siyosiy hayotni yanada demokratlashtirish bo‘yicha islohotlarni amalga oshirish borasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish yuzasidan fikr almashdi.

Prezident matbuot xizmatining xabar qilishicha, Fransiya Milliy yig‘ini rahbari O‘zbekistonda, shu jumladan, parlamentarizmni rivojlantirish, inson huquq va erkinliklarini ta’minlash va himoya qilish, gender tenglikni ilgari surish bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli demokratik yangilanishlarning borishini yuksak baholadi.

Gender tenglikni ta’minlash jihatlariga alohida e’tibor qaratildi. O‘zbekiston bu borada katta muvaffaqiyatlarga erishgani, xotin-qizlar qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat idoralarida, tadbirkorlik va ijtimoiy sohada munosib o‘rin egallayotgani qayd etildi.

2022-yil sentabrida O‘zbekistonda ilk bor jahon parlamentlari yetakchi ayollarining 14-sammiti o‘tkazildi. Yetakchi ayollarning rolini oshirish to‘g‘risida Toshkent deklaratsiyasi qabul qilindi.

Uchrashuvda o‘lim jazosini bekor qilish, inson huquqlarining kafolatlarini kuchaytirish, ekologik muammolarni hal etish to‘g‘risidagi normalar va boshqa muhim qoidalarni mustahkamlab qo‘yish ko‘zda tutilgan konstitutsiyaviy islohotni amalga oshirishga tayyorgarlik borasidagi asosiy yondashuvlar muhokama qilindi.

Parlamentlararo do‘stlik guruhining uchrashuvlarini o‘tkazish, BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi, Yevropa Parlamenti, Parlamentlararo ittifoq, YXHT Parlament assambleyasi doirasidagi hamkorlikni kuchaytirishga kelishib olindi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shuningdek, Fransiya Milliy yig‘ini raisini o‘zi uchun qulay vaqtda tashrif bilan O‘zbekistonga borishga taklif etdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Iskandarov — eng yaxshi futbolchi, Kapadze — eng yaxshi murabbiy. O‘zbek futbolida 2022-yilning eng yaxshilari aniqlangan marosimdan fotoreportaj
Madaniyat
Farzandidan ayrilgan, 3 soat uxlagan, hojatxonada farroshlik qilgan: muvaffaqiyatga erishish yo‘lida turli qiyinchiliklardan o‘tgan yulduzlar (foto)
Mahalliy
“Sirdaryoda bir so‘m ham o‘g‘irlanmaydigan, korrupsiyasiz tizim yaratilishi kerak” — Sardor Umurzoqov