22-noyabr kuni Shavkat Mirziyoyevning Fransiya Respublikasiga rasmiy tashrifining ikkinchi kuni boshlandi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar qildi.
Qayd etilishicha, davlat rahbari Fransiya Milliy yig‘ini raisi Yael Braun-Pive bilan uchrashuv o‘tkazmoqda.
Tomonlar parlamentlararo aloqalarni kengaytirish, ijtimoiy-siyosiy hayotni yanada demokratlashtirish bo‘yicha islohotlarni amalga oshirish borasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish yuzasidan fikr almashmoqda.
Ma’lumot uchun, Fransiya Respublikasining qonun chiqaruvchi hokimiyati parlament hisoblanadi. U ikki palatadan iborat:
- Senat;
- Milliy majlis.
Izoh (0)