Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qashqadaryoning Chiroqchi tumanida bir guruh fuqarolar o‘rtasida mushtlashuv bo‘layotgani aks etgan videotasvirlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Viloyat IIB holat yuzasidan ma’lum berdi.

Unga ko‘ra, videodagi voqea 11-noyabr kuni soat taxminan 20:30 larda Chiroqchi tumani “Yangi Dam” MFYda yuz bergan. Fuqarolar X.S. va O‘.P. o‘rtasida o‘zaro tortishuv yuzaga kelganda, ularni ajratishga borgan fuqaro B.J.ni fuqaro O‘.P. o‘tkir tig‘li jism bilan hech bir sababsiz chap biqin sohasiga bir marotaba urib, qasddan og‘ir tan jarohati yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 2-qismi “y”, “l” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, O‘.P. Jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan va Jinoyat ishlari bo‘yicha Shahrisabz shahar sudining ajrimiga asosan ayblanuvchi O‘.P.ga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Hozirda Chiroqchi tuman IIB TB tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Iskandarov — eng yaxshi futbolchi, Kapadze — eng yaxshi murabbiy. O‘zbek futbolida 2022-yilning eng yaxshilari aniqlangan marosimdan fotoreportaj
Madaniyat
Farzandidan ayrilgan, 3 soat uxlagan, hojatxonada farroshlik qilgan: muvaffaqiyatga erishish yo‘lida turli qiyinchiliklardan o‘tgan yulduzlar (foto)
Mahalliy
“Sirdaryoda bir so‘m ham o‘g‘irlanmaydigan, korrupsiyasiz tizim yaratilishi kerak” — Sardor Umurzoqov