O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanes Rossiyaga qarshi kechgan o‘rtoqlik o‘yinidan (0:0) keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar qilmoqda.
O‘yin haqidaShomurodov uchrashuvning 52-daqiqasida zaxiraga olindi. Uning o‘rniga Igor Sergeyev maydonga tushirilgan.Natija adolatli bo‘ldi. Futbolchilarga rahmat aytaman. Jismoniy jihatdan charchoq bor edi. Rossiyaning avvalgi o‘yinga nisbatan to‘liq tarkibi almashdi, bizda esa aksincha.
Ikkinchi bo‘limda yosh o‘yinchilarni sinab ko‘rdik. Umuman olganda o‘yindan qoniqdim.
Eldor Shomurodovning zaxiraga olingani haqida
U jismoniy tomondan charchagandi. Shuningdek, u va boshqa futbolchilarda tumov kuzatildi. Shuning uchun tavakkal qilishni xohlamadim.
Srechko Katanes, O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi
Izoh (0)