Xalqaro maydonda 16-noyabr kuni qator o‘rtoqlik uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Germaniya terma jamoasi Ummonga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvdagi yagona gol 80-daqiqaga kelib kiritildi. Nemislarga g‘alaba keltirgan to‘pga Niklas Fyullkrug muallif bo‘ldi.
Turkiya esa Shotlandiya bilan o‘ynadi. Birinchi bo‘lim so‘ngida O‘zan Kabak turklarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, ikkinchi bo‘lim boshida Jengiz O‘nder ikkinchi golni urdi. Bunga mehmonlar 62-daqiqada Jon Makginning goli bilan javob qaytardi.
Chexiya terma jamoasi Farer orollarini yirik hisobda yutgan bo‘lsa, Polsha Kshishtof Pyontekning so‘nggi daqiqalardagi goli evaziga Chilidan ustun keldi.
O‘rtoqlik o‘yinlari
16-noyabr, chorshanba
Ummon — Germaniya 0:1
Gol: 0:1 – 80 Fyullkrug.Ummon: Al-Muxayni, Al-Xamisi, Al-Habsi, Al-Yahmadi (Al-Ma’mari, 90), Al-Ka’bi (Al-Amri, 87), Al-Ag‘bori (Al-Musalami, 90), As-Sa’di, Al-Yahyoi (Al-Alavi, 87), Al-Harthi, Al-Alavi (Solih, 61), Al-Subhi (Al-G‘assoni, 61).
Germaniya: Noyer, Klostermann (Bella-Kochap, 34), Ginter (Shlotterbek, 46), Kerer, Raum (Gyunter, 46), Gundo‘g‘an (Brandt, 65), Hofmann, Goretska (Kimmix, 46), Haverts, Sane, Mukoko (Fyullkrug, 46).
Izoh (0)