Hujumkor yarim himoyachi Jaloliddin Masharipov va yari himoyachi Oybek Bozorov O‘zbekiston terma jamoasining Qozog‘istonga qarshi o‘yinini o‘tkazib yuboradi.
O‘FA matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, futbolchilar betob va tibbiy shtab holatni to‘liq o‘rganib chiqqunga qadar tavakkal qilmaslikka qaror qilgan.
O‘zbekiston va Qozog‘iston terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 16-noyabr kuni 18:00 da boshlanadi.
Avvalroq “Paxtakor” himoyachi Hojiakbar Alijonov jarohati sabab yig‘inga kela olmasligi va uning o‘rniga “Olimpik” vakili Saidazamat Mirsaidov jalb qilingani xabar qilingandi.
Izoh (0)