Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.

Aktrisa Diana Yagofarova muxlislariga yangi suratini namoyish qildi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Mahoratli raqqosa Parizoda ijodiy jamoasi qizlari bilan tushgan videosini e’lon qildi.

Xonanda Jahongir Otajonov kenja farzandi, qizalog‘i Liynatni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Maktabgacha ta’lim vazirining o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva Toshkentda “Biz bolalarmiz” nomli fotoko‘rgazmaning ochilish marosimiga tashrif buyurdi. Xonanda Lola esa dugonasini qo‘llab-quvvatladi.

Bollivud aktrisasi Priti Zinta egizak farzandlari Jay va Jiya bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi va ularni “Xalqaro bolalar kuni” bilan tabrikladi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Xonanda Zohirshoh Jo‘rayev otasi bilan to‘y xizmatiga borgani aks etgan videoni e’lon qildi.

Yulduz Turdiyeva muxlislariga ma’lum muddat to‘y xizmatlariga chiqa olmasligini, toliqqanini aytdi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Xonanda Shahlo Ahmedova ma’lum muddatdan keyin yangi “Tun” nomli qo‘shiq va klip premyerasini muxlislariga taqdim etdi.

Instabloger, xonanda Azoda obunachilariga kulib yuradigan insonlarning kulgisiga ishonmaslik kerakligi va ularning kulgisi ostida dard yashirinishi haqida gapirdi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Aktrisa, dizayner Shahzoda Muhammedova yaqinlari — qaynonasi, qaynopalari kelishiga dasturxon bezatgani aks etgan videoni sahifasiga joyladi.

Instabloger, aktrisa Feruza Normatova Madina va Makka shahri haqidagi ma’lumotlar va taassurotlarni muxlislari bilan bo‘lishdi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Shuningdek Feruza Normatova Madina shahridagi videolarini muxlislariga ko‘rsatdi.

Umra safaridagi Feruza Normatova shamollab qolganini ma’lum qildi. Aktrisa Umraga otlanganlarga ehtiyot shart dorilarni o‘zlari bilan olishni maslahat berdi.

Bollivud yulduzi Kajol yoshligida tushgan arxiv suratini obunachilariga namoyish qildi va ularni Xalqaro bolalar kuni bilan tabrikladi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Aktrisa Sitora Alimjonova o‘g‘li Muhammadaminning ikki yoshga to‘lganini nishonlagani aks etgan videoni muxlislariga ko‘rsatdi.

Xonanda Bahrom Nazarov yangi surati bilan muxlislariga ko‘rinish berdi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Xonanda Malika Ravshanova qaynotasining tug‘ilgan kunini nishonlagani aks etgan videoni e’lon qildi.

Xonanda Manzura Umra safarini ado etganini ma’lum qildi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Xonanda Dilfuza Ismoilova hovlisini muxlislariga ko‘rsatdi.

Xonanda Izzat Shukurov buvisi, aktrisa Aziza Begmatova va onasi bilan Umra safarini ado etdi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Luiza Rasulova unga sovg‘a qilishgan katta guldastani obunachilariga ko‘rsatdi.

Bek vines taxallusi ostida ijod qiluvchi instabloger Ozodbek ham Umra safarini ado etganini ma’lum qildi va har bir insonga ulug‘ ziyoratni amalga oshirish nasib etishini tiladi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Xonanda Hamdam Sobirov qiymati salkam 600 mln so‘mga teng bo‘lgan Tahoe avtomobilini sotib olganini ma’lum qildi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

“Ummon” guruhi xonandasi Shohrux hamkasbi, yaqin do‘sti marhum xonanda Jasur Rafiqovning so‘nggi videosini e’lon qildi.

Ozoda Nursaidova sahifasiga Markaziy Osiyo MMA Konfederatsiyasi prezidenti, Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti Otabek Umarov bilan tushgan suratini joyladi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

“Million” jamoasining yetakchisi Davron Kabulov o‘z sahifasida “Ummon” guruhining marhum xonandasi Jasur Rafiqov bilan bog‘liq xotiralarini muxlislari bilan bo‘lishdi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

“Ummon’ning Toshkentdagi konsertiga taklif qilishdi. Birga ishladik, nechinchi yilligi esimda yo‘q. Zo‘r yigitlar ekan. Odobi joyida, qo‘li ko‘ksida. Kelasi yilgi konsertlarida ham birga ishladik. Viloyatlarga chiqdik. Jasur bilan ulfat ham bo‘ldik. Zohidni melomanlar, Shohruxni qizlar, Jasurni esa san’atkorlar yaxshi ko‘rardi. Muomala, odamiylik, tarbiya — ota-onasiga rahmat. Bir narsani aytsangiz sizning tanangizda o‘ylab ko‘rardi. O‘zining tanasidagini biz o‘ylay olmadik”, — deb yozgan Davron Kabulov.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Aktyor Azamat Ahrorov volidasini tug‘ilgan kuni bilan tabriklagani aks etgan videoni obunachilariga ko‘rsatdi.

Instabloger Kamola Oripova ham “Ummon” guruhining marhum xonandasi Jasur Rafiqovga atab post qoldirdi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Xonanda Ulug‘bek Rahmatullayev konsert dasturida muxlislari bilan birgalikda qo‘shiq kuylagani aks etgan videoni e’lon qildi.

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentda Turkiyadagi zilziladan jabr ko‘rganlar uchun yordam qabul qilinmoqda
Shou-biznes
Qashshoq oilada tug‘ilgan bo‘lsa ham, hayotda o‘z o‘rniga ega bo‘lishni uddalagan Gollivud yulduzlari (foto)
Dunyo
“Stalindan keyingi ikkinchi odam” — Malenkovning hokimiyatdan chetlatilishi, boshi tanasidan judo etilgan Shotlandiya qirolichasi va Kanadada to‘qnashgan ikki poye...