Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
Xonanda Hamdam Sobirov o‘zi uchun yaratilgan maxsus soch turmagi aks etgan videoni e’lon qildi.
Nodir Zoitov va “Farhod va Shirin” dueti xonandasi Shirin 11-noyabr kuni to‘yining 3 yilligini nishonladi.
Xonanda Yulduz Turdiyeva xonadonida yana chiroq o‘chib qolgani aks etgan suratni joyladi.
Xonanda Dilso‘z turmush o‘rtog‘i va farzandlari bilan sayrga chiqqani aks etgan videoni obunachilariga namoyish qildi.
Aktrisa Oydin Yusupova yangi surati bilan ko‘rinish berdi.
Xonanda Gulsanam Mamazoitova folloverlariga yangi suratini ko‘rsatdi va to‘y xizmatlarida muxlislari bilan ko‘rishib qolishi haqida gapirdi.
Xonanda Malika Egamberdiyeva qizalog‘ining tug‘ilgan kunini qanday nishonlaganini muxlislariga ko‘rsatdi.
Lola qizi Shahina bilan suratini muxlislariga ko‘rsatdi va farzandlarga mehr berish kerakligi haqida gapirdi.
Instabloger, aktrisa Feruza Normatova Makka shahrida onasi, ammasi, xolasi bilan tushgan suratini obunachilariga ko‘rsatdi. Shuningdek folloverlariga Makka shahrida vaqtdan unumli foydalanish kerakligi haqida gapirib berdi.
Shu bilan birga, u Madina shahrida olingan yana bir videoni muxlislariga ko‘rsatdi.
Feruza Normatova Madina shahridan reportaj tayyorladi. Aktrisa otasining oyoq kiyimini o‘g‘irlab ketishgani haqida gapirdi.
Shuningdek, Feruza Normatova Umra safaridan video joylayotganiga izoh berdi va videoni ovqatlanish paytida, bo‘sh vaqtida, Makka haqida tasavvurga ega bo‘lmagan insonlar uchun qo‘yayotganini aytdi.
Aktyor Javohir Zokirov turmush o‘rtog‘i va o‘g‘li bilan tushgan suratini muxlislariga namoyish qildi.
Aktrisa Muqaddas Sa’dullayeva muxlislariga Makka shahridan ko‘rinish berdi.
Aktrisa Mashhura Zulfiqorova Turkiyaning Bursa shahrida tushgan suratini sahifasiga joyladi.
Xonanda Munisa Rizayeva barcha muxlislariga yaxshi kayfiyat hamroh bo‘lishini tiladi.
Bollivud yulduzi Priti Zinta surrogat ona orqali dunyoga kelgan egizak farzandlari — qizalog‘i Jiya va o‘g‘li Jayning suratini sahifasiga joyladi va ularni bir yoshga kirgani bilan tabriklab, samimiy tilaklarini bildirdi.
Raqqosa Parizoda agar bir insonning qalbida boshqa insonni yaxshi ko‘rishi uchun xohish bo‘lsa, kichkina sabab bilan oshiq bo‘la olishi haqida gapirdi.
Kaniza yangi surati bilan obunachilariga ko‘rinish berdi.
Xonanda Malika Ravshanova onasi bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi va onalarning farzandiga bo‘lgan sadoqati hech qachon o‘zgarmasligi haqida gapirdi.
Aktrisa Halima Ibragimova Yulduz Usmonovaning garderobidagi kiyimlar, taqinchoqlarni obunachilariga ko‘rsatdi.
Mavzuga doir:
- Instagram: Sardor Rahimxon Toshkentda shifoxona qurmoqchi, Ka’ba oldida dugonasini duo qilgan Muqaddas, Rayhonga sovg‘a bergan Shahlo.
- “O‘zavtomotors sizni minib yuribdi”. Davron Kabulovning haydovchilarga murojaati, Avaz Oxun Eyfelni yutdi. Instagram yangiliklari.
- Instagram: Istanbulda pasportini yo‘qotgan Rayhon Ulasenova, Asal Shodiyeva Bokuda, Umra safaridagi mashhurlar.
- Instagram: Koronavirusga chalingan Nilufar Usmonova, Moskvada konsert bergan Ozoda Nursaidova, qizli bo‘lgan Aziz Umrzoqov.