Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Falastin prezidenti Mahmud Abbos Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu tinchlik o‘rnatishdan manfaatdor bo‘lmasa ham, u bilan muzokara o‘tkazishi kerakligini aytdi. Bu haqda Israel National News xabar berdi.

Foto: AFP

Foto: AFP

Abbosning ma’lum qilishicha, u Netanyaxuni 1990-yildan beri biladi. Prezident Isroil bosh vaziri tinchlikka ishonmasligi, lekin u bilan muomala qilishdan boshqa iloji yo‘qligini bildirdi.

“Isroil bilan muammo bor, Isroil mening yerimni va yurtimni bosib olmoqda. Men Isroil bosh vaziri bilan muloqot qilishga majburman”, — deya qo‘shimcha qildi Abbos.

Falastin rahbari bir necha bor Yaqin Sharqda tinchlik o‘rnatish bo‘yicha xalqaro konferensiya o‘tkazishni talab qilgan. 2020-yil sentabr oyida Falastin xalqaro konferensiyani o‘tkazish uchun taxminiy diplomatik harakatlarni boshlaganini bildirdi, ammo bu harakatlar natijasida hali hech narsa amalga oshmadi. Tomonlar o‘rtasidagi tinchlik muzokaralari 2014-yildan beri to‘xtab qolgan.

13-noyabr kuni Iordaniya qiroli Abdulla II Isroil ishg‘oliga barham berish va 1967-yil 4-iyundagi chegaralar ichida poytaxti Sharqiy Quddus bo‘lgan mustaqil Falastin davlatini barpo etishga chaqirgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Andijonda kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan rahbarlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Mahalliy
O‘tgan yili birja bozorlarimiz rekord darajada o‘sdi — Respublika valyuta birjasi
Iqtisodiyot
“Rossiyaga qarshi eng yaxshi strategik javob”: Ukraina farmatsevtika kompaniyasi O‘zbekistondagi “Reka-Med”ni sotib oldi