Tojikistonda 14-noyabr kuni bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonda sezildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar berdi.
Unga ko‘ra, Toshkent vaqti bilan 03:07 da Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila koordinatalari: 39,93 gradus shimoliy kenglik; 69,15 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,8. Chuqurlik 15 km. Zilzila episentri Toshkentdan 149 km janubi-g‘arbda.
O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:
- Bekobod shahrida 3 ball, 33 km;
- Shirin shahrida 3 ball, 33 km;
- Yangiobod tumanida 3 ball, 34 km;
- Yangiyer shahrida 3 ball, 48 km;
- Xovos tumanida 2-3 ball, 50 km;
- Bekobod tumanida 2-3 ball, 51 km;
- Boyovut tumanida 2-3 ball, 51 km;
- Guliston tumanida 2 ball, 68 km;
- Zomin tumanida 2 ball, 69 km;
- Guliston shahrida 2 ball, 70 km.
Izoh (0)