Turkiy davlatlar tashkilotining 11-noyabr kuni o‘tkazilgan birinchi sammiti doirasida 10 dan ortiq muhim hujjatlar imzolandi.
Xususan, Turkiy davlatlar tashkilotining transport bog‘liqligi dasturi va Soddalashtirilgan bojxona yo‘laklarini shakllantirish to‘g‘risidagi bitim, Savdo strategiyasi bo‘yicha muhim kelishuvlar imzolandi.
Shuningdek, yana bir muhim hujjat — Turkiy davlatlar tashkilotining 2022—2026-yillarga mo‘ljallangan strategiyasi imzolandi.
Sammitning asosiy hujjati — Samarqand deklaratsiyasi qabul qilindi.
Shavkat Mirziyoyev raislik qilgan sammitda Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on, kuzatuvchi mamlakat Vengriya bosh vaziri Viktor Orban sammitning faxriy mehmoni — Turkmaniston Milliy Kengashi Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov, shuningdek, tashkilot bosh kotibi Bag‘dod Amreyev ishtirok etdi.
Mavzuga doir: