Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida 2023-yil — O‘zbekiston prezidentining taklifi asosida Turkiy sivilizatsiyaning yuksalish yili, deb e’lon qilindi.
Shavkat Mirziyoyev ushbu taklifini qo‘llab-quvvatlagani uchun tashkilotga a’zo davlatlar rahbarlariga minnatdorchilik bildirdi.
“Turkiy dunyomizning havas qilsa arziydigan buyuk tarixi, ulug‘ ajdodlari va beqiyos boyliklari bor. Va men ishonaman, Turkiy dunyoni buyuk kelajak kutmoqda. Bu kelajakni, hech shubhasiz, mehnatkash, bag‘rikeng va olijanob xalqlarimiz bilan birgalikda yaratamiz”, — dedi prezident.
Samarqandda 11-noyabr kuni Shavkat Mirziyoyev raislik qilayotgan yig‘ilishda Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on, kuzatuvchi mamlakat Vengriya bosh vaziri Viktor Orban sammitning faxriy mehmoni — Turkmaniston Milliy Kengashi Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov, shuningdek, tashkilot bosh kotibi Bag‘dod Amreyev ishtirok etmoqda.
Mavzuga doir: