Gidrometeorologiya xizmati markazining ma’lum qilishicha, O‘zbekiston bo‘ylab 13-noyabrdan 16-noyabrgacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida yog‘ingarchilik va noqulay ob-havo kutilmoqda.
Respublika bo‘yicha 13—15-noyabr kunlari, shuningdek, shimol hududida, ba’zi joylarda shamol 17—22 metr sekundgacha, Qoraqalpog‘iston va Navoiy, Jizzax viloyatlarining ayrim joylarida 25—28 metr sekundgacha kuchayishi kutilmoqda.
14—16-noyabr kunlari Toshkent, Qashqadaryo, Namangan viloyatlarining tog‘oldi va tog‘li hududlarida yomg‘ir yog‘ib, qorga aylanishi mumkin, ayrim joylarda kuchli yog‘ingarchiliklar kuzatiladi. Shu bilan birga, tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.