Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti doirasida Samarqandga kelgan davlat rahbarlarining rafiqalari uchun maxsus ko‘rgazma tashkil etildi.
“O‘zbekiston ranglari” nomli ushbu ko‘rgazmaga 10-noyabr kuni O‘zbekiston birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva, Ozarbayjon birinchi xonimi Mehribon Aliyeva, Turkiya birinchi xonimi Emine Erdo‘g‘on va Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanning rafiqasi Aniko Levay birgalikda tashrif buyurdi.
Ularga Ziroat Mirziyoyevaning to‘ng‘ich qizi — Mass-media fondi Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva ham hamrohlik qildi.
Saida Mirziyoyevaning so‘zlariga ko‘ra, ekspozitsiya mehmonlarda katta taassurot qoldirdi va hayratlantirdi.