Vazirlar Mahkamasi binosida quvvati 630 kVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur quyosh fotoelektr stansiyasi yiliga 1,1 million kVt-soatdan ziyod elektr energiyasi ishlab chiqaradi.
Ta’kidlanishicha, stansiya Vazirlar Mahkamasi binosini kunduz kuni to‘liq elektr energiyasi bilan ta’minlaydi. Shu bilan birga, ehtiyojidan ortgan qismini hududiy elektr tarmoqlariga uzatish imkoniyati ham yaratildi.
Ushbu stansiya prezident raisligida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishidagi topshiriqlar ijrosi yuzasidan amalga oshirildi.
Fursatdan foydalanib, ushbu tashabbusga barcha vazirlik va idoralar ham qo‘shilishlarini so‘raymiz, — deyiladi vazirlik axborotida.
Mavzuga doir: