Prezident tomonidan “TURKSOY tuzilmasi va faoliyat ko‘rsatish prinsiplari to‘g‘risidagi shartnomani (Olmaota, 1993-yil 12-iyul) ratifikatsiya qilish haqida”gi qonun imzolandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” xabar bermoqda.
Qonunga ko‘ra, TURKSOY (Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti) tuzilmasi va faoliyat ko‘rsatish prinsiplari to‘g‘risidagi shartnoma ratifikatsiya qilindi. Ma’lumot uchun, TURKSOY xalqaro tashkiloti 1993-yilda Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Turkmaniston va Turkiya o‘rtasidagi kelishuv natijasida tashkil etilgan.
Tuzilmaning asosiy vazifasi turkiy xalqlarning ma’naviy yaqinlashuvi va qardoshlik birligini mustahkamlash, turkiy madaniyatni dunyoga tanitish va uning an’analarini kelajak avlodlarga yetkazish hisoblanadi.
Mavzuga doir: