11-noyabr kuni Samarqanddagi Turkiy davlatlar tashkiloti sammitining asosiy tadbirlari doirasida Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Milliy kengashi Xalq maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar qildi.
Qayd etilishicha, uchrashuvda shu kuni bo‘lib o‘tgan ko‘p tomonlama yig‘ilishning asosiy natijalari yuzasidan fikr almashilgan.
Shuningdek, yaqinda Ashxobod shahriga bo‘lgan oliy darajadagi tashrifda, shu jumladan, parlamentlararo hamkorlik yo‘nalishida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilingan.