Superliganing oktabr oyidagi eng yaxshi murabbiyi aniqlandi. Shuningdek, oyning eng chiroyli goli ma’lum qilindi.
“OKMK” ustozi Mirjalol Qosimov oktabr oyining eng yaxshi murabbiyi sifatida e’tirof etildi. O‘tgan oyda Qosimov qo‘l ostidagi “OKMK” 4 ta o‘yinda 3 g‘alaba va 1 ta mag‘lubiyat qayd etdi, to‘plar nisbati — 7:1.
Ushbu nomi uchun yana uch murabbiyi kurash olib borgandi:
- Luisma Ernandes (“Metallurg”) — 4 o‘yinda 3 g‘alaba, 1 mag‘lubiyat, to‘plar nisbati 4:2;
- Ro‘ziqul Berdiyev (“Nasaf”) — 4 o‘yinda 2 g‘alaba, 2 durang, to‘plar nisbati 5:3;
- Migel Alvares (“Surxon”) — 4 o‘yinda 3 g‘alaba, 1 durang, to‘plar nisbati 7:3.
“Surxon” futbolchisi Islom Toshpo‘latovning “Qo‘qon-1912” darvozasiga kiritgan to‘pi oyning eng chiroyli goli deb topildi.
Izoh (0)