Daryo

Superligada aprel oyining eng yaxshilari aniqlandi

PFL g‘oliblarni e’lon qildi

1 daqiqa o‘qish47 194 ko‘rishlar0 izoh0

Professional futbol ligasi (PFL) Superliganing aprel oyidagi eng yaxshilari nomini e’lon qildi.

Foto: PFL

“OKMK” ustozi Mirjalol Qosimov aprel oyining eng yaxshi murabbiyi deb topildi.

Mutaxassis qo‘l ostida olmaliqliklar 2 o‘yinda 2 ta g‘alaba qayd etdi. To‘plar nisbati esa 5:1 ni tashkil qildi.

Ushbu sovrin uchun, shuningdek, quyidagi murabbiylar kurash olib borgandi:
  • Nikola Lazarevich (“Qizilqum”) – 2 o‘yin, 2 g‘alaba, to‘plar farqi 4:0;
  • Ulug‘bek Baqoyev (“So‘g‘diyona”) – 2 o‘yin, 1 g‘alaba, 1 durang, to‘plar farqi 3:2;
  • Shuhrat Maqsudov (“Bunyodkor”) – 2 o‘yin, 2 g‘alaba, to‘plar farqi 5:2.
Foto: PFL

“Qizilqum” darvozaboni Ignatiy Nesterov esa oyning eng yaxshi o‘yinchisi nomiga loyiq ko‘rildi. 38 yoshli posbon aprel oyida 2 o‘yinda ishtirok etib, ularda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi — 4 ta seyv.

Mazkur sovrin uchun quyidagi futbolchilar ham kurash olib borgandi:
  • Avazbek O‘lmasaliyev (“Bunyodkor”) — 2 o‘yin, 1 gol, 2 assist, 12 yakkakurashlarda g‘olib, 36 marotaba to‘pga ega chiqishlar;
  • Yovan Jokich (“Navbahor”) — 2 o‘yin, 99 aniq uzatmalar, 11 yakkakurashlarda g‘olib, 10 marotaba raqib hujumini buzishlar;
  • Temurxo‘ja Abduxoliqov (“Qizilqum”) — 2 o‘yin, 2 gol;
  • Aleksandr Stanisavlevich (“Qizilqum”) — 2 o‘yin, 1 gol, 1 assist;
  • Sahob Rashidov (“Dinamo”) — 2 o‘yin, 2 gol;
  • Shohruz Norxonov (“So‘g‘diyona”) — 2 o‘yin, 2 gol;
  • Umarali Rahmonaliyev (“Bunyodkor”) — 2 o‘yin, 2 gol, 67 aniq uzatmalar, 13 marotaba to‘pga ega chiqishlar.
“So‘g‘diyona” himoyachisi Doniyor Abdumannopovning 5-tur doirasida “Navbahor” darvozasiga kiritgan to‘pi esa Superligada aprel oyining eng chiroyli goli deb topildi.
Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar