Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

PFL Superliganing may oyidagi eng yaxshilari nomini ma’lum qildi.

Foto: PFL

Foto: PFL

“Nasaf” yarim himoyachisi Oybek Bozorov may oyining eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi. Bozorov may oyidagi beshta o‘yinda beshta gol urishga erishdi.

Ushbu sovrin uchun, shuningdek, quyidagi futbolchilar kurash olib borgandi: Pol Komolafe (“Qizilqum”), Xurshid G‘iyosov (“OKMK”), Yovan Jokich (“Navbahor”), Aleksandr Stanisavlevich (“Qizilqum”), Abduvohid Ne’matov (“Nasaf”), Shohruz Norxonov (“So‘g‘diyona”), O‘tkir Yusupov (“Navbahor”), Oliver Sharkich (“Paxtakor”).

Foto: PFL

Foto: PFL

“Nasaf” ustozi Ro‘ziqul Berdiyev oy yakunlari bo‘yicha eng yaxshi murabbiy nomiga loyiq ko‘rilgan. Berdiyev jamoasi o‘tgan oyda 5 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta g‘alaba va bitta durang qayd etdi, to‘plar nisbati — 12:2.

May oyining eng yaxshi murabbiyi nomiga quyidagilar ham da’vogar bo‘lgandi: Mirjalol Qosimov (“OKMK”), Samvel Babayan (“Navbahor”), Ulug‘bek Baqoyev (“So‘g‘diyona”).

“Neftchi” vakili Sirojiddin Qo‘ziyevning “OKMK” darvozasiga kiritgan to‘pi oyning eng yaxshi goli deb topildi.

Aprel oyida eng yaxshi murabbiy Mirjalol Qosimov (“OKMK”), eng yaxshi o‘yinchi Ignatiy Nesterov (“Qizilqum”), eng chiroyli gol muallifi Doniyor Abdumannopov (“So‘g‘diyona”) bo‘lgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Turkiya yangi dunyo tartibining markazida bo‘lishi kerak” — Erdo‘g‘on
Mahalliy
Andijonda 41 kishi jarohatlangan avtohalokat qurbonlari soni 4 nafarga yetdi
Dunyo
Litvada ham rus tilini o‘qitishdan voz kechish taklif qilindi