• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Har qanday usulda yo‘q qilinsin” — jangovar kemada isyon ko‘targan sovet dengizchilari, “Stokgolm qirg‘ini” va 20 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan “Nerpa” halokati. Kun xronologiyasida 8-noyabr

    8-noyabr sanasiga bog‘liq diqqatga sazovor voqealar qatoridan “Storojevoy” harbiy kemasidagi isyon ko‘tarib, Kommunistik partiya faoliyatiga qarshi chiqqan dengizchilar, “Stokgolm qirg‘ini” —  shved zodagonlarining o‘ldirilishi hamda suv osti kemasida zaharlangan odamlarga oid faktlar o‘rin olgan.

    Harbiy kemada isyon ko‘tarib, uni olib qochgan sovet dengizchilari

    1975-yil 8-noyabr kuni Boltiq floti tarkibidagi “Storojevoy” jangovar kemasida isyon yuz bergandi. Bosh ko‘targanlar kema hududini SSSRdan mustaqil deb atab, davlat televideniyesi orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri efir talab qilgan. Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi rahbari Leonid Brejnev isyondan xabar topgach, “Storojevoy”ni butun jamoasi bilan birga yo‘q qilishni buyurib, unga harbiy aviatsiya va Boltiq floti kemalarini yuborgan.

    “Storojevoy” kemasi

    “Storojevoy” kemasi
    Foto: “Navy.su”

    “Kemada isyon, komandir hibsda”

    O‘sha yilning 7-noyabr kuni SSSRda Oktabr inqilobining 58 yilligi nishonlangan. An’anaga muvofiq Rigada harbiy-dengiz parad o‘tkazilgan: jangovar kemalar orasida bundan ikki yil oldin Kaliningraddagi “Yantar” kemasozlik zavodida ishlab chiqarilgan zamonaviy “Storojevoy” alohida ajralib turardi.

    Paradning ertasi kuni, 8-noyabrda kema ekipaji va ofitserlar tarkibi hordiq chiqargan — muammo yuz berishini hech kim kutmagan ham. Ammo soat 22:30 da C-263 suv osti kemasining palubasida “Storojevoy”ning matrosi va katta leytenant Firsovi paydo bo‘lgan. Versiyalardan biriga ko‘ra, ular suv kemaga arqon yordamida, boshqasi bo‘yicha — sovuq suvga qaramay suzib kelgan.

    Ikkisi ham hayajonli holatda bo‘lgan va “Storojevoy” egallab olingani bois qochganliklarini ma’lum qilgan. Dastavval ularning mast holatda emasligi tekshirilgan. Ofitserlarning shovqiniga yetib kelgan suv osti kemasi ofiserlariga katta leytenant Firsov hisobot bergan: “Kemada isyon, komandir hibsga olingan. Isyonchilarga komandirning siyosiy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari (“zampolit”) — III rang kapitani Valeriy Sablin boshchilik qilmoqda”. Ofitserlar avvalida sarosimaga tushgan: Firsovning aytganlari haqiqatga mos kelishi qiyin edi.

    “Storojevoy” komandiri Anatoliy Putulniy

    “Storojevoy” komandiri Anatoliy Putulniy
    Kadr: Rossiya-1

    Boshqa tomondan katta leytenant aqli-hushi joyida ko‘rilgan. U “zampolit” Sablin kemani egallab olgani va Leningradga borib, “Avrora” yonida turgan holda inqilob boshlanganini e’lon qilmoqchiligini aytgan. Soat 01:00 larda suv osti kemasi ofitserlari “Storojevoy” langarni ko‘targanini ko‘rgach, barcha shubhalar tarqab ketgan.

    Leytenant Firsovning qochib ketishidan bir necha soat oldin “zampolit” Valeriy Sabrlin II rang kapitani Anatoliy Potulniy — “Storojevoy” komandirining oldiga kirib, gidroakustiklar postida tartibsizlik boshlanganini ma’lum qilgan. Gap nimada ekanini so‘ragan komandirga javoban “zampolit” uni tezroq borishga undagan.

    Potulniy gidroaksutiklar bo‘lmasiga kirgan zahoti uning ortidan og‘ir temir echik yopilgan va qulf ilinganining ovozi eshitilgan. Keyinroq holat bo‘yicha tuzilgan hukumat komissiyasiga Potulniy nima bo‘lganini darhol tushunmaganini tan olgan.

    Gidroaskutiklar bo‘lmasidagi komandirni pistoletli matros qo‘riqlagan. Potulniy o‘z “qamoqxonasi”da kema kutubxonasiga tegishli bir nechta kitob va ichiga ism-familiyasi yozilgan konvertni topgan. Uning ichida Sablin yozgan xat bor edi: “Kechir, boshqacha yo‘l tuta olmayman”. Kemadagi barcha telefon go‘shaklari olib qo‘yilgan, boshqa aloqa vositalari o‘chirilgan.

    Komandirni asirga olgan Sablin kayutada 13 ta ofitser va 13 ta michmanni to‘plab, partiya rahbariyati inqilob g‘oyalaridan butunlay chekinib ketganini bildirgan. Sablin savdodagi muammolar, oliy ta’lim muassasalariga qabul tartiblarining buzilishi va amaldorlar tomonidan masabni suiiste’molga qilishga oid mashhur ishlarni gapirgan. “Zampolit” Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi rahbariyati Lenin tomonidan belgilab berilgan sotsializmni qurish yo‘lidan og‘ib ketganini aytgan.

    Matros Aleksandr Shein — isyon yetakchisi Sablinning yaqin yordamchisi

    Matros Aleksandr Shein — isyon yetakchisi Sablinning yaqin yordamchisi
    Kadr: Rossiya-1

    “Kimnidir umumxalq sudiga tortish va qonun doirasida qattiq javobgarlikka jalb etish vaqti keldi. Bizning chiqishimiz — chaqnashni yuzaga keltirishga xizmat qiladigan kichik impuls”, — degan Sablin.

    Keyinchalik SSSR Mudofaa vazirligi komissiyasining aniqlashicha, Sablin Kronshtadt kemasiga o‘zboshimchalik bilan o‘tish, uni mustaqil hudud deya e’lon qilish va ekipaj nomidan partiya rahbariyatidan Markaziy televideniye orqali chiqish qilishi uchun imkoniyat berishni talab qilish taklifini bildirgan.

    Shundan keyin “zampolit” tarafdorlardan biri isyonni amalga oshirishga yoki unga qarshi ovoz berish taklifini ilgari surgan. Ovozlar deyarli ikkiga bo‘lingan. Qarshi bo‘lganlar xizmat bo‘lmalariga qamalgan. Keyinroq kemaning shaxsiy tarkibiga tanlovni amalga oshirish imkoniyati berilgan. Dengizchilar “Potemkin jangovar kemasi” filmini tomosha qilish uchun to‘plashgan.

    “Knyaz Potyomkin-Tavricheskiy” jangovar kemasida 1905-yilda yuz bergan dengizchilar isyoni SSSRda inqilobiy kurashning asosiy mafkuraviy g‘oyasi hisoblangan. Film yakunlangach, Sablin jamoaga o‘z fikrlarini ma’lum qilgan.

    “Kemaning barcha shaxsiy tarkibi ham Sablinning targ‘ibotiga qo‘shilmagan — bunga alohida matros, starshina va ofitserlarning komandirini ozod etishga va Sablinni qo‘lga olishga bo‘lgan urinishi dalil bo‘la oladi. Biroq Sablinning tarafdorlari ushbu urinishlarni yo‘qqa chiqargan”, — deyiladi SSSR Mudofaa vazirligi komissiyasi hisobotida.

    Isyonchilar vaziyatni tezda nazoratga olgan. Matroslar qo‘lga olingan ofitserlar o‘rnini egallagan. Shoshilganda kemani tutib turadigan arqonlarni yechishga vaqt bo‘lmagan — ularni boltalar bilan chopishgan.

    “Biz boshlagan inqilob”

    Sodir bo‘lgan holat haqida Boltiq floti vitse-admirali Anatoliy Kosovga hisobot berishgan. U tezkor shtabga yetib kelib, kema jamoasiga langarni tushirishni buyurgan. Kosov komandir “Storojevoy”ni boshqarmayotganini tushungan va kema Sablin boshqaruvida ekani tasdiqlangan. Qo‘mondonlik fikricha, Sablinning maqsadi suv osti kemalarini yo‘q qilishga mo‘ljallangan katta “Storojevoy”ni Shvetsiya suvlariga olib kelib, siyosiy boshpana so‘rash bo‘lgan. 1961-yilda sovet harbiy-dengiz floti ofitseri Yonas Pleshkis yuk tashuvchi kema orqali xuddi shunday yo‘l tutgandi.

    Foto: “TASS”

    “Storojevoy”ni qidirish uchun Yurmaladan 20 kilometr uzoqlikdagi Tukums aerodromida joylashgan 668-sonli bombardimonchi aviatsiya polka ko‘tarilgan. O‘quv “trevoga”si bo‘yicha uchuvchilar shifrlangan topshiriqlarni olgan: unda SSSR suvlariga jangovar kema bostirib kelgani qayd etilgan. Uchuvchilar oldiga “nishonni topish va uni yo‘q qilishga tayyorgarlik ko‘rish” vazifasi qo‘yilgan. Aviatsiya qidiruv ishlarini boshlagan, ammo ob-havo tumanli edi.

    Bombardimonchilardan birining omadi chopgan: suv ustidagi nishonni topgan. Uchuvchi kema yo‘nalishi bo‘ycha bir nechta bombani tashlab, vazifa uddalandi degan fikrda bazaga qaytgan. Biroq keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, uchuvchi “Storojevoy”ni emas, balki sovetlarning yuk tashuvchi kemasini nishonga olgan.

    “Storojevoy”ni ta’qib qilayotgan jangovar kemalar va aviatsiya

    “Storojevoy”ni ta’qib qilayotgan jangovar kemalar va aviatsiya
    Kadr: Rossiya-1

    Bu paytda “Storojevoy” o‘z yo‘nalishini davom ettirayotgandi. Shvetsiya suvlariga naqadar 43 mil va 2,5 soatlik masofa qolgan, Kronshtadtga qadar bo‘lsa — 330 mil va 18 soat. Shtabdagilar kema Shvetsiyaga ketayotganiga ishongan. Shu bilan birga, jangovar aviatsiya Riga ko‘rfazini ko‘zdan kechirishni davom ettiravergan. Uchuvchilar ko‘rfazda baliqchilarning ko‘plab kemalari borligini va bomba tashlash kutilmagan qurbonlarni yuzaga keltirishi mumkinligini ta’kidlagan.

    “Bombalarning dastlabki seriyasi kema palubasining o‘rtasiga tushib, qo‘plamalarni yakson qilgan va kema rulini ishdan chiqargan. Qolgan bombalar kema o‘qidan og‘ishgan holda tushib, parraklarga shikast yetkazgan”, — deydi zaxiradagi general-mayor Aleksandr Simbalov.

    Bu vaqtga kelib isyonchi dengizchilarning inqilobiy xohishlari so‘ngan. Keyinroq tergov davomida ma’lum bo‘lishicha, ular o‘zlariga kelib, shikast yetgan va ustida jangovar samolyotlar uchib yurgan kemada ekanliklarini tushungan. Samolyotlar zarba berishga tayyorligini ko‘rgan dengizchilar istalgan vaqtda halok bo‘lishlari mumkinligini anglay boshlagan.

    Valeriy Sablin

    Valeriy Sablin
    Foto: “RIA Novosti”

    Shuningdek, bir necha isyonchi “Storojevoy” komandiri Anatoliy Potulniyni ozod etishga kirishgan. “Men pistolet, qolganlar esa avtomat olib, ikki guruhga bo‘lindik. Ko‘prik yonida Sablinni ko‘rdim va uni otib tashlash fikri paydo bo‘ldi, ammo adolat uchun kerak bo‘lishini o‘ylab, oyog‘iga o‘q uzdim — u yiqildi”, — deydi kema kapitani Potulniy.

    Shundan keyin komandir aloqa markaziga ko‘tarilib, radio orqali “kemada tartib qayta tiklanganini” e’lon qilgan.

    “Storojevoy”dagi isyondan keyin ekipaj tarqatib yuborilgan. Ko‘plab ofitserlar va komandirlar hayfsan olgan, unvonlaridan mahrum bo‘lgan va partiyadan chetlatilgan — bu ularning karyerasiga nuqta qo‘yilganini bildirardi. Bundan tashqari, Boltiqdagi ma’lumotlar tarqalib ketishining oldini olish bo‘yicha favqulodda choralar ham ko‘rilgan.

    Valeriy Sablin

    Valeriy Sablin
    Foto: “RIA Novosti”

    “Storojevoy”ni uchta okeandan olib o‘tib, Uzoq Sharqqa olib borishgan. SSSR tarqalgach, “zampolit” Valeriy Sablin va uni isyonda qo‘llab-quvvatlanganlar siyosiy repressiya qurbonlari sifatida qaralgan. 1994-yilda uning ishi qayta ko‘rib chiqilgan. Rossiya Oliy sudi harbiy kollegiyasi “yangi vaziyatlar sabab ko‘rilgan”, biroq Sablin va uning yaqin sherigi matros Aleksandr Shein to‘liq reabilitatsiyaga erishmagan.

    “Stokgolm qirg‘ini”: shved zodagonlarining o‘ldirilishi

    1397-yilning shu kunida Norvegiya va Shvetsiyada Daniya qirollarining hokimiyati e’lon qilingan Kalmar ittifoqi tuzilgandi. Ushbu birlashuv Skandinaviya hamda tarkibiga Shimoli-G‘arbiy Yevropa shaharlari kirgan Ganza savdo ittifoqiga qarshi turish maqsadida yuzaga kelgan.

    “Stokgolm qirg‘ini”

    “Stokgolm qirg‘ini”
    Foto: Wikipedia

    Kalmar ittifoqining tashabbuskori Daniya qirolichasi Margarita edi. Ittifoq har bir a’zo davlat uchun keng avtonomiyani ta’minlashi kerak bo‘lgan. Shu bilan birga, davlatlar qurolli mojaro holatida bir-birga yordam berish majburiyatini olgan. Kalmar ittifoqi beqaror edi — Daniya va Shvetsiya birinchilikni qo‘ldan boy berishni istamagan.

    Ittifoq faoliyati davomida dehqonlarning ahvoli sezilarli darajada yomonlashgan: ular tobora kuchayib borayotgan feodal qaramlikka tushib qolgan. Ushbu jarayon sabab dehqonlar isyon ko‘tarib turgan. 1512-yili yuz bergan shu kabi isyonlarning birida Sten Sture Stokgolmni egallagan. U o‘zini Shvetsiyaning muvaqqat hukmdori deya e’lon qilgan, biroq mazkur qarorni cherkov qo‘llab-quvvatlamagan. Din peshvolari daniyaliklar tarafiga o‘tgan. O‘shanda Sture arxiyepiskop Gustav Trolleni zindonband etgan. Trolle sulolasining barcha vakillari Daniya monarxlarini qo‘llab-quvvatlashni boshlagan. Daniya qiroli Kristian II arxiyepiskov himoyasiga chiqqan. Gustav Trollening tarafdorlarni monarx ko‘magida Sturega urush e’lon qiladi.

    Shvetsiya muvaqqat hukmdori Kristian II bilan jangda halok bo‘ladi, ammo uning qo‘shini qarshilik ko‘rsatishni davom etadi. Shunda Daniya hukmdori shved askarlarni taslim bo‘lishga chaqirib, ularni afv etishni va’da qiladi. Bundan tashqari, Kristian shved qoqnunlariga rioya etishga va yetakchilarni mahalliy vakillardan tayinlashni kafolatlaydi. 1520-yilning 4-noyabrida Daniya, Shvetsiya va Norvegiya monarxiga toj kiydirish marosimi boshlanadi.

    Qirg‘in bilan yakunlangan marosim

    Bayramni nishonlash uchun Stokgolm ko‘chalariga yuzlab odamlar chiqqan. Ko‘tarinki kayfiyatdagi shahar aholisi oldinda qirg‘ini kutib turganini o‘ylamagan ham. Kristian Sture tarafida bo‘lganlarga yana afv e’lon qilinishini va’da bergan. Toj kiydirish marosimida Shvetsiyaning obro‘li oilalari vakillari hamda kamida 50 nafar shaharlik ishtirok etgan. Ziyofat avj pallasida Gustav Trolle monarxga yetkazilgan zararni qoplash va “bid’atchilarni” jazolashni bo‘yicha iltimos bildirgan.

    Kristian II

    Kristian II
    Foto: Twojahistoria

    Arxiyepiskop o‘zining barcha eski dushmanlari ismini aytgan. Shunday qilib bayram shved aristokratlaridan qasos olish marosimiga aylangan. Saroy darvozlari yopilgan. Ayrim nomdor shaharliklar dasturxondan to‘g‘ridan to‘g‘ri olib chiqib ketilgan. Zalda bo‘lgan cherkov xodimlari Sturening tarafdorlarni “bid’atchilar” deb e’lon qilgan.

    Ertasi kuni ommaviy qatl boshlangan. Shahar markazida ikki nafar episkop o‘ldirilgan. 9-noyabr kuni o‘ldirilgan shaharliklar soni 100 nafarga yaqinlashgan — ularning boshi tanasidan judo qilinib, osib qo‘yilgan. Keyinroq Sten Sturening ko‘milgan jasadi kovlab olinib, yoqib yuborilgan. O‘ldirilganlar orasida shahar kengashining 14 nafar a’zosi va 3 nafar burgomistr ham bor edi.

    Kristian II bu kabi qattiqqo‘llikni birinchi marta qo‘llashi emas edi. Norvegiyada noib bo‘lgan vaqtida u o‘ziga bo‘ysunmagan norveg zodagonlarni qatl etgandi. Stokgolmda o‘ldirilgan insonlarning mol-mulki Kristian II nomiga musodara qilingan. Sturening tarafdorlarini o‘ldirilishi Shvetsiyadagi qo‘zg‘alon uyushtirilishiga asosiy sabab bo‘lgan. Isyonchilarga otasi “Stokgolm qirg‘ini”da o‘ldirilgan Gustav Vaza boshchilik qilgan. Gustav uzoq vaqt Daniyada asirlikda bo‘lgan va omadi kelib qochishga erishgan. Shvetsiyaga qaytgan Vaza mustaqil davlat qurish yo‘lida targ‘ibotlarni olib brogan. 1522-yilda Lyubek shahri aholisi uni qo‘llab-quvvatlagan. Bir yildan keyin Gustav Stokgolmni ozod etib, Shvetsiya qiroliga aylangan. Shundagina Kalmar ittifoqi tugatilgan.

    Isyonchilarning o‘ldirilishi

    Isyonchilarning o‘ldirilishi
    Foto: Pinterest

    Kristian II dvoryanlarning o‘ziga qarshi bosh ko‘tarilishiga olib kelgan bir nechta islohotlarni o‘tkazgan. Monarx yer egalari va dehqonlar o‘rtasidagi munosabatlarga aralashish huquqini qo‘lga kiritgan. Dehqonlarning vazifalari tartibga solingan. Bundan tashqari, yer egalarining savdolarni o‘tkazish bo‘yicha imkoniyatlari cheklangan. Monarxning tashqi siyosatdagi omadsizlikliklari ham unga pad bergan. Cherkov ham Kristian II dan yuz o‘girgan va bularning barchasi monarxga qarshi qo‘zg‘alonga sabab bo‘lgan. Dvoryanlarga yangi soliqlardan norozi shaharliklar qo‘shilgan.

    Kristian II oilasi bilan birga Germaniyaga suzib etgan, keyin esa Belgiyaga ko‘chgan. Daniya qiroli sifatida uning amakisi Frederik saylangan. 1531-yilda Kristian II yo‘qotilgan taxtini qaytarishga uringan. Biroq u Daniyadagi Sennerborg qal’asida qamoqqa olingan. U umrining oxirgi kunlarini shu yerda o‘tkazishga majbur bo‘lgan.

    “Nerpa” suv osti kemasidagi halokat va bunda ayblangan komandir

    2008-yil 8-noyabr kuni K-152 “Nerpa” atom suvosti kemasida avariya yuz bergandi. Soat 17:56 da suv tubida bo‘lgan kemaning KHK (kemaning hajmli kimyoviy) o‘t o‘chirish tizimi kutilmaganda ishlab ketgan.

    Foto: Wikipedia

    Hodisa oqibatida kemada bo‘lgan jami 220 kishining 20 nafari halok bo‘lgan. Bu butun Rossiya harbiy suvosti kemalari uchun katta zarba edi. “Nerpa” hind-dengiz kuchlari uchun qurilgan bo‘lib, sinovlar yakunlangach Hindistonga 10 yilga lizingga berilishi rejalashtirilgan.

    Fojiadan keyin darhol jinoiy ish ochilgan va birinchi aybdor — shartnoma bo‘yicha xizmatchi matros Grobov topilgan. “Beparvoli” moddasi bo‘yicha, shuningdek, ekipajning yana to‘rt a’zosi ayblangan, jumladan, kema komandiri Lavrentyev ham.

    Tergov jarayoni tahillaridan ko‘rish mumkinki, halokatning barcha sabablarini o‘rganish maqsadi bo‘lmagan, ishni o‘nlab yillar davomida tajribada qo‘llanilgan shablonga ko‘ra yopishga urinishgan. “Nerpa” komandiri qasddan o‘z xatti-harakatlari bilan og‘ir oqibatlarni yuzaga keltirgan avariyani paydo qilganlikda ayblangan.

    Foto: Wikipedia

    “Nerpa”dagi insonlarning bevosita o‘limiga o‘t o‘chirish tizimi to‘ldirilgan GOST talablariga javob bermaydigan 114B2 xladon bilan to‘ldirilgani sabab bo‘lgan. Uning 64,4 foizi zaharli tetraxloretilendan va faqat 34,6 foizi haqiqiy 114B2 xladonidan iborat edi. Aftidan tergov quyidagi nozik masalalarni ko‘tarishni xohlamagan:

    • qiymati 5 million rubldan kam turmaydigan sof xladonning katta qismini kim sotib yuborgan yoki o‘zlashtirgan (Rossiyada xladon ishlab chiqarilmaydi va u defitsit hisoblanadi)?;
    • olovni o‘chirish tizimi sifatiga aynan kim javob bergan va nimaga ushbu sanoat korxonasida nazorat o‘tkazilmagan?.
    Tergov xladon va tetraxloretilenning zaharli aralashmasi ta’sirini o‘rganmagan. Ish materiallarida ekspertiza xulosalari bor edi, undagi xulosalar shunday: agarda tizimda sof xladon bo‘lganida izolyatsiyada qolgan odamlar 2 soat davomida ham omon qolgan bo‘lardi. “Nerpa”dagi avariya esa bir necha daqiqa davom etgan xolos.

    Foto: Wikipedia

    “Kun xronologiyasi” loyihasi doirasida har kuni ertalab soat 09:30 da ushbu sanaga bog‘liq eng muhim va qiziqarli voqealar yoritib boriladi.

    Mavzuga doir: Kuvaytdagi neft quduqlarini yoqib ketgan iroqliklar, uxlab qolgan mashinist sabab to‘qnashgan ikki poyezd va ilk bor Tojikiston prezidentiga aylangan Emomali Rahmon. Kun xronologiyasida 6-noyabr

    08.11.2022, 09:30   Izoh (0)   64542
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Sayyora ‘iqlim do‘zaxi’ tomon ketmoqda” — BMT bosh kotibi

    08.11.2022, 09:21

    Indoneziya prezidenti Putin Balidagi G20 sammitiga bormasligini ma’lum qildi

    08.11.2022, 07:16

    Qozog‘iston bosh vaziri mamlakatga Rossiyadan kelayotganlarning soni normal holatga qaytganini ma’lum qildi

    08.11.2022, 07:03

    Kiyev Moskva bilan muzokaralar bo‘yicha o‘z pozitsiyasini tushuntirdi

    08.11.2022, 02:13

    Saratonning eng xavfli turini erta aniqlash usuli topildi

    07.11.2022, 23:51

    15-noyabr kuni dunyo aholisi 8 milliardga yetadi — BMT

    07.11.2022, 21:24
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Medvedev bir qator davlatlar Eronga “yadroviy o‘q-dorilar” berishga tayyorligini aytdi

    Dunyo | 22 iyun, 18:19

    “Qo‘shnilar” bahsi, braziliyaliklar hissasi va yirik hisobdagi g‘alaba: “Navbahor” va “OKMK” o‘yinidan fotogalereya

    Sport | 22 iyun, 18:00

    Suriyada Bashar Asadning amakivachchasi qo‘lga olindi

    Dunyo | 22 iyun, 17:31

    Husiylar AQSHning Eronga hujumi sabab urushga qo‘shilganini e’lon qildi

    Dunyo | 22 iyun, 16:55

    Eron yadroviy obyektlariga zarba: yetakchilar qanday fikrda?

    Dunyo | 22 iyun, 16:24

    Xosep Gvardiola: “Ayrim futbolchilar ketadi”

    Sport | 22 iyun, 15:25

    Isroil va Erondagi o‘zbekistonliklardan imkon qadar xavfsiz hududlarga chiqib ketish so‘raldi

    O‘zbekiston | 22 iyun, 15:09

    Misrdan O‘zbekistonga gepatit C ga qarshi dori vositalari to‘rtinchi partiyasi yetkazildi

    O‘zbekiston | 22 iyun, 13:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.