• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.13
    • RUB161.07
    • EUR14542.8
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Qizil maydonda Gorbachyovni o‘ldirishga uringan chilangar, AQSHdagi yirik osma ko‘prikning qulashi va Oktabr inqilobi sabab hokimiyat tepasiga kelgan Lenin. Kun xronologiyasida 7-noyabr

    7-noyabr sanasiga bog‘liq diqqatga sazovor voqealar qatoridan SSSR rahbari Mixail Gorbachyovni o‘ldirishga uringan chilangar, AQSHdagi yirik osma ko‘priklardan birining qulashi hamda Oktabr inqilobi ortidan hokimiyat tepasiga kelgan Leninga oid faktlar o‘rin olgan.

    Magnitofon uchun qasos: chilangar Qizil maydonda Garbachyovga nima sababdan o‘q uzgandi?

    1990-yilning 7-noyabr kuni Oktabr inqilobining 73 yilligi munosabati bilan Qizil maydonda tashkil etilgan bayram dasturida Mixail Gorbachyovga suiqasd uyushtirilgan edi. SSSR prezidenti va Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi raisini Aleksandr Shmonov ismli chilangar o‘ldirishga uringan. U mamlakatdagi birinchi shaxsli insondan Leningrad viloyatidagi hayoti uchun emas, balki shaxsiy xafagarchiligi bois qasos olmoqchi bo‘lgan: Shmonov magnitofon xarid qilishda aldangandi, unga mulyajni berib yuborishgan. U mazkur vaziyatda Gorbachyovni aybdor deb hisoblagan.

    Foto: “RIA Novosti”

    Foto: “RIA Novosti”

    1978-yilda bo‘lajak terrorchi Leningrad psixiatriya shifoxonasida shizoaffektiv psixoz sabab ro‘yxatda turgan, 1981-yilda esa Leonid Brejnevni o‘ldirish haqida o‘ylagan. “Qadrdon va sevimli” bosh kotib tez orada boshqa sabablarga ko‘ra vafot etgan. Shu sababli Shmonov suiqasd borasidagi rejalarini keyinga qoldirgan. Mamlakatning keyingi yetakchilari ham birin-ketin o‘zgalar “yordamisiz” vafot eta boshlagan. Gobachyov esa yosh va shijoatga to‘la rahbar bo‘lib chiqdi. U siyosiy rejimni demokratlashtirish yo‘nalishini tanlaganiga qaramay, Shmonov aynan uni SSSRdagi mavjud totalitarizm va undan oldingi davr uchun aybdor deb hisoblagan. Keyinroq so‘roqlarda jinoyatchi Gorbachyovni 1989-yili Tbilisida hamda 1990-yil yanvarda Bokudagi tinch aholi o‘limida aybdor deya hisoblashini bildirgan.

    Versiyalardan biriga ko‘ra, Shmonov Gorbachyovni 1987-yilda o‘ldirmoqchi bo‘lgan. U SSSR rahbariyatining tanobini tortib qo‘yish to‘g‘risidagi chaqiriq varaqalarini chiqarib, elektrichkalarga yashirincha yopishtirib va pochta qutilariga joylashtirib chiqqan. Daliliy ashyolardan qutulish uchun u barmoq izlarini qoldirmagan, yozuv mashinasini kimsasiz joyga ko‘mib, o‘rniga yangisini sotib olgan. Shmonov o‘zining suiqasdga urinishi bilan 1990-yillar oxirida memuarlarini bosib chiqarishga tayyorlanayotgan Kolpin IIB sobiq boshlig‘i bo‘lgan otasiga qattiq pand bergan.

    Keyinroq tarqalgan mish-mishlarga ko‘ra, Shmonovning ortida hech qanday kuchlar turmagan — u klassik yolg‘iz qasoskor bo‘lgan. Avvaliga u 1-may kuni suiqasd uyushtirishni rejalashtirgan — olamonga qo‘shilib Mavzoleyga borib, Gorbachyovga o‘q uzmoqchi bo‘lgan. Buni amalga oshirish uchun Shmonov qurolni palto ichidan 12 soniyada chiqarib olishni mashq qilgan. Uning fikricha, bunday qisqa vaqt ichida militsiya xodimlari biror chora ko‘rishga ulgurmay qolishi kerak.

    Foto: “RIA Novosti”

    Foto: “RIA Novosti”

    Shmonov xotini va o‘g‘lidan yashirincha qurol olib yurish huquqini beruvchi ovchilik biletini olishga erishgan. U kiyimga o‘ralashib qolmasligi uchun erkak miltiq stvoli va qo‘ndog‘ini qirqib, o‘ziga moslashtirgan. Qizil maydonga kirishda hushyor xodim Shmonovdan paltosi ostida nima borligini so‘raganida, u tugmalarni yechib, operatsiyadan keyingi bandajini ko‘rsatmoqchi bo‘lgan. Buning uchun bintlar yordamida maskirovka o‘ylab topilgan. Bundan tashqari, Shmonov metallodetektorda tekshiruvdan o‘tish uchun temir parchinlar qotirilgan demokratik shiorlar plakatini tayyorlagan. U jiringlab ketib, barcha shubhani yo‘qqa chiqarishi kerak edi.

    Tayyorgarlik jarayoni uzoq vaqt olgan. Natijada Shmonov o‘z aksiyasini bahorgi bayramdan kuzgiga ko‘chirgan — Gorbachyovga Qizil maydondan boshqa hech qayerda yaqinlashib bo‘lmas edi. Bir kun oldin u Leningraddan Moskva kelgan va bayram kolonnalaridan biriga qo‘shilib olgan. Gullar, bayroqlar va shiorlar yozilgan plakatlar Mavzoley tribunasi bilan tenglashgan vaqtda Shmonov miltig‘ini chiqarib, ikki marta o‘q uzadi. Gorbachyov o‘zining omon qolgani uchun militsiya kichik serjanti Andrey Milnikovga minnatdorchilik bildirishi kerak edi. Hushyor huquq-tartibot xodimi uzun paltodagi shubhali erkakka qiziqish bildirgan va so‘nggi soniyalarda uni qo‘lidan tortib qolgan. Tergovga ko‘ra, o‘qlar nishon yonidan uchib o‘tgan. Shmonov va Milnikov o‘rtasida olishuv yuz bergan. Militsionerga yordam berish uchun “KGB”ning yuqori martabali shaxslar himoyasi bilan shug‘ullanuvchi 9-boshqarmasi xodimlari yetib kelgan. Jinoyatchining qo‘li qayrilib, Qizil maydondan olib chiqib ketilgan.

    Foto: “RIA Novosti”

    Foto: “RIA Novosti”

    “Yomon otmasdim. Armiyada diametri 15 santimetr bo‘lgan nishondagi to‘qqizni urardim. Qizil maydonda esa imkoniyatim bor edi. Albatta, nishonga tezroq olish talab etilardi… Namoyishchilar menga xalaqit bermasligi tayin edi”, — deydi u omadsiz suiqasdidan keyin.

    Shmonov Qizil maydonda nafaqat Gorbachyovni, balki SSSR Oliy kengashi raisi Anatoliy Likyanovni ham o‘ldirmoqchi bo‘lgan. Mutaxassislarning aytishicha, o‘ylangan jinoyatni aslida amalga oshirish imkonsiz bo‘lgan, chunki qurolning qo‘ndog‘i ortiqcha qisqartirib yuborilgan. Tintuv vaqtida Shmonovning yonidan varaq topilgan bo‘lib, unda jinoyatchi o‘z maqsadini batafsil bayon etgan.

    Foto: “RIA Novosti”

    Foto: “RIA Novosti”

    Muvaffaqiyatsiz qotil qamoqxonadan qutulib qolgan bo‘lsa-da, to‘rt yil psixiatriya kasalxonasida davolangan. Shundan keyin u demokrat, temirchi, omadsiz biznesmen va siyosiy partiya asoschisi ham bo‘lib ko‘rgan — deputat bo‘lish maqsadida hatto 5 ming ovoz ham to‘plagan. Yillar o‘tgach, Shmonov o‘z hayotida asosiy voqeani moddiylashtirishga uringan, 1998-yilda “Totalitar davlat rahbari M.Gorbachyovga qanday va nima sababdan o‘q uzgandim?” nomli broshyura chiqargan. Milnikov esa “Shaxsiy jasorat uchun” ordeni bilan taqdirlanib, Militsiya kunidagi bayram konsertiga taklif etilgan. Gorbachyovning o‘zi Shmonovning niyati jiddiy bo‘lganiga ishonmagan ham.

    AQSHdagi osma ko‘prik falokati

    1940-yilning 7-noyabr kuni Vashington shtatidagi Takoma-Narrous ko‘rfazi uzra qurilgan osma ko‘prik kuchli shamol sabab vayron bo‘lgandi.

    Foto: Bridgehunter

    Foto: Bridgehunter

    Mazkur ko‘prik Leon Moiseyev tomonidan loyihalashtirilgan bo‘lib, 1940-yilning 1-iyulida foydalanishga topshirilgan. Ko‘prikning ustunlari qattiqligi yetarli darajada emasligi sabab uning shamol vaqtida silkinishi qurilish vaqtidayoq ma’lum bo‘lgan. Konstruksiyaning umumiy uzunligi 1810 metrni, eni — 11,9 metr, asosiy troslari diametri — 438 millimetr bo‘lgan.

    1940-yilning 7-noyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 11:00 da esa boshlagan soatiga 65 kilometr tezlikdagi shamol ko‘prik markaziy qismining buzilishiga olib kelgan. U vaqtlarda ko‘prik ustida harakat juda kam bo‘lgan va falokat paytida ko‘prikdan yurib o‘tayotgan yagona mashina uni tark etishga ulgurib qolgan. Ko‘prikning buzilishi 16 millimetrli Kodachrome rangli kinoplyonkasi yordamida tasvirga olingan. Olingan kadrlar yordami The Tacoma Narrows Bridge Collapse hujjatli filmi yaratilgan bo‘lib, keyinchalik uning vayron bo‘lishini o‘rganishda katta xizmat qilgan.

    Ko‘prikning buzilishi ilm-fan va texnika tarixida sezilarli darajada katta iz qoldirgan. U konstruksiyalarning aerodinamika va aeroelastikligi sohasidagi tadqiqotlarga hissa qo‘shgan va 1940-yillardan beri dunyodagi barcha katta ko‘priklarni loyihalash bo‘yicha yondashuvlarni o‘zgartirgan. Ko‘plab darsliklarda avariya sababi shamol oqimining tashqi chastotasi o‘zgarishi ko‘prik konstruksiyalarining tabiiy (ichki) tebranish chastotasiga to‘g‘ri mos kelganda, majburiy mexanik rezonans fenomeni sabab yuzaga kelgan deyilari. Ammo inshootni loyihalash jarayonida shamol yuklamalari orqali yuzaga keladigan dinamik aylanma tebranishlar inobatga olinmagani asosiy sababga aylangan.

    Foto: Bridgehunter

    Foto: Bridgehunter

    Falokatdan keyin ta’mirlash ishlari tezda boshlangan va 1943-yilning mayiga qadar davom etgan. Yangi ko‘prikni qurish davomida anker ustunlardan foydalanilgan, ayrim asosiy tayanchlar eski ko‘prikdan qoldirilgan. Westbound nomini olgan ko‘prik 1950-yilning 14-oktabrida ochilgan va o‘sha vaqtda dunyodagi eng uchun osma ko‘priklar ichida uchinchi o‘rinda turgan. Ko‘prikning mashina o‘tkazish imkoniyati — sutkasiga 60 ming avtomobil.

    Foto: Bridgehunter

    Foto: Bridgehunter

    2002—2007-yillarda shossening o‘tkazuvchanlik qobiliyatini oshirish maqsadida eski ko‘prik yoniga yana biri qurilgan.

    Leninning hokimiyat tepasiga kelishi

    1917-yilning 26-oktabr kuni (hozirgi Grigoryan kalendari bo‘yicha 7-noyabr) Rossiya imperiyasida Oktabr inqilobi ro‘y bergan. Mana 100 yildan ortiq vaqtdan beri tarixchilar uning boshlanishiga aynan nima sabab bo‘lganini aniqlashga urinadi. Quyida inqilobning eng keng tarqalgan konspirologik versiyalari keltiriladi. Ta’kidlash kerakki, ularning har birini qo‘llab-quvvatlovchi va ularga qarshi chiquvchilar talaygina. Bolsheviklarning hokimiyat tepasiga kim moliyalashtirgan edi — nemislar, amerikaliklar, eskicha diniy qatlam vakillari yoki masonlar?

    Foto: “TASS”

    Foto: “TASS”

    Lenin nemis josusi ekani borasidagi taxmin Muvaqqat hukumatning maxsus xizmatlari orasida keng tarqalgan taxminlardan biri bo‘lgan. Keyinroq tashkil etilgan Oq harakati esa bu boradagi o‘z qarashlariga to‘liq ishongan. Oqlarning g‘oyasi sen respublikachimisan, monarxistmisan, hatto sotsialistik-inqilobchimisan — muqaddas burching “vatan xoinlari”ga, ya’ni bolsheviklarga qarshi kurashdan iborat bo‘lgan. Lenin nemislar bilan ishlaganmi yoki yo‘q, biroq Ko‘ngillilar armiyasining axborot-propaganda organi har qanday rangdagi aksilinqilobiy kuchlar shunchaki ishlaganiga emas, balki pul olib, zarar yetkazganiga ishontirish uchun barcha imkoniyatlarini ishga solgan.

    Mazkur tarixiy gipoteza doirasida ikkita asosiy yo‘nalishni ajratib ko‘rsatish mumkin: birinchi versiya tarafdorlari nemis harbiy-siyosiy elitasi tomonidan bolsheviklar partiyasi subsidiyalangan degan faktni isbotlangan deb hisoblaydi; ikkinchi nazariya tarafdorlari esa bu bilan cheklanib qolmagan. Ushbu guruh vakillarining fikricha, Lenin Rossiya Sotsial-demokratik Mehnat partiyasi (RSDLP) Markaziy qo‘mitasining boshqa vakillari bilan birga nemis “agenti” bo‘lgan, Germaniya Bosh shtabi buyrug‘i va uning mablag‘lari yordamida yuqoridagi urushda rus armiyasini parokanda qilgan, hokimiyat tepasiga kelgach esa Germaniya bilan “sharafsiz” Brest-Litvosk tinchlik bitimini imzolagan.

    Rossiyalik professor Ilya Froyanov ushbu nazariyalarga quyidagicha javob bergan: “Bolsheviklar nemislardan pul olganmidi? Olgan. Ular nemis agentlari edimi? Shubhasiz, yo‘q”.

    Yana bir keng tarqalgan versiya “xorij ta’siri” — Rossiyadagi inqilobni Britaniya razvedkasi uyushtirgan. Inglizlar avvaliga admiral Aleksandr Kolchakni o‘zlariga og‘dirib olgan, u oktabr voqealaridan keyin ularning tarafiga o‘tishi kerak bo‘lgan — admiral Londonning sobiq Rossiya imperiyasi resurslaridan foydalanishini va yangi shakllanayotgan davlatning siyosati ustidan nazoratni ta’minlashi lozim edi.

    Foto: “TASS”

    Foto: “TASS”

    Petrogradda ingliz elchisi Jorj Byunkenen vaziyatni diqqat bilan kuzatib, uni yo‘naltirishga uringan va muntazam Dauning-stritga hisobot berib turgan. Britanlar mavjud inqilobiy kuchlar orasida bolsheviklar tomonida bo‘lgan, chunki ularning tarafdorlari bo‘lmasa-da, dasturi aniq edi. Inglizlar Fuqarolik urushida oqlarni ham, qizillarni ham qo‘llab-quvvatlagan — bu Rossiyaning maksimal darajada yakson bo‘lishiga xizmat qilgan. Ularni Kavkaz, Oq dengizning muzlamaydigan portlari va Sibir boyliklari qiziqtirgan.

    Albatta, Rossiyaning muammolari haqida gapirganda, amerikaliklarni tilga olmasdan bo‘lmaydi. “AQSH qo‘li”ga oid konsepsiya tarafdorlari Lev Trotskiy boshchiligidagi amerikaliklar alyansi haqida gapirgan. Oktabr inqilobi yetakchilardan biri ma’lumki, fevral voqealari sabab yuzaga kelgan Petrograddagi isyonga to‘g‘ridan to‘g‘ri okean ortidan yetib kelgan. U AQSHga dunyo bo‘ylab safari bois borib qolgan va qanchadir vaqt harbiy asirlar lagerida ham bo‘lgan. Agarda mazkur versiyaga jiddiy qaraladigan bo‘lsa, Trotskiy Amerika hukumatidan Lenin urush sabab qashshoqlashgan nemislardan ko‘ra ko‘proq yordam olgan bo‘lishi mumkin.

    Amerikaliklar buning evaziga nima olgan? Barchasi oddiy — Sovet Rossiyasining Texnik yordam jamiyati orqali kapitalizm akulalariga yetkazib berilgan resurslar. Fuqarolar urushidan so‘ng, okean ortidagi ko‘ngillilar vayron bo‘lgan mamlakatga kirib, urush kommunizmi davrida vayron qilingan qishloq xo‘jaligi va og‘ir sanoatni tiklash bilan faol shug‘ullangan. Amerikaga qarshi bo‘lganlarning fikricha, bu Rossiyani o‘marish uchun shunchaki to‘siq bo‘lib xizmat qilgan.

    Foto: “TASS”

    Foto: “TASS”

    Sovet Ittifoqida Oktabr inqilobini masonlar uyushtirganiga rostdan ham ishonuvchilar ko‘plab topilgan. Bu boradagi nazariyalar 1905-yilgi inqilobda ommalashgan, o‘shanda yahudiylar inqilobiy harakatda katta rolni o‘ynagandi. Inqilobdan keyingi Rossiyada sionistik tartibni o‘rnatgan Bolshevik-masonlar haqidagi bema’ni versiyasi bugungi kunda ham mavjud.

    Yana bir konsepsiyaga muvofiq Oktabr inqilobini mamlakatdagi diniy qatlam vakillari uyushtirgan. Dehqonlar — bu ulkan mamlakat aholisining 95 foizi bo‘lgan, ular eskicha diniy qarashlarga ega bo‘lgan, biroq hukumat jazoga tortishi mumkinligidan qo‘rqib, rasmiy cherkov yordamida niqoblangan.

    “Kun xronologiyasi” loyihasi doirasida har kuni ertalab soat 09:30 da ushbu sanaga bog‘liq eng muhim va qiziqarli voqealar yoritib boriladi.

    Mavzuga doir: Kuvaytdagi neft quduqlarini yoqib ketgan iroqliklar, uxlab qolgan mashinist sabab to‘qnashgan ikki poyezd va ilk bor Tojikiston prezidentiga aylangan Emomali Rahmon. Kun xronologiyasida 6-noyabr

    07.11.2022, 09:30   Izoh (0)   43077
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Dubay markazida osmono‘par bino alanga ichida qoldi (video)

    07.11.2022, 09:07

    Astronomlar Yerga eng yaqin qora tuynukni topdi

    07.11.2022, 08:46

    Tanzaniyada samolyot qulashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 19 kishiga yetdi

    06.11.2022, 23:10

    BMT Maskni Twitter’da inson huquqlariga rioya etilishini ta’minlashga chaqirdi

    06.11.2022, 20:14

    Twitter’ning yangi versiyasida 7,99 dollarga verifikatsiya belgisini sotib olish funksiyasi paydo bo‘ldi

    06.11.2022, 19:19

    “Tolibon” Afg‘oniston sobiq prezidenti Hamid Karzayning ukasini hibsga oldi

    06.11.2022, 18:43
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Kanada Yevropa Ittifoqining qurollanish dasturiga qo‘shiladi

    Dunyo | 29 may, 15:00

    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi

    Reklama | 29 may, 15:00

    Bu kadrlar tasodifan o‘ylab topilgan: aktyorlarning eng mashhur improvizatsiyalari

    Kino | 29 may, 14:50

    O‘zbekiston va Italiya strategik sherikligini mustahkamlash bo‘yicha deklaratsiya imzolandi

    O‘zbekiston | 29 may, 14:43

    Amerikalik qiz manti tugishni o‘rgatib minglab dollar ishlab topmoqda

    Layfstayl | 29 may, 14:30

    “An-Nassr” Ronaldu klubdan ketishini e’lon qilishga tayyorlamoqda — Marca

    Sport | 29 may, 14:12

    Moskva viloyatida O‘zbekiston va Rossiya muzeylarining bir asrlik noyob suratlari ko‘rgazmasi ochildi

    Madaniyat | 29 may, 14:06
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.