Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha Chempionlar Ligasining 6-turidan o‘rin olgan o‘yinlar 2-noyabr, chorshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

F guruhida “Real” “Seltik”ni qabul qildi. Uchrashuvning 6-daqiqasida Luka Modrich penaltidan unumli foydalanib, hisobni ochdi. 21-daqiqada Rodrigo ham penaltini aniq amalga oshirib, o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. 51-daqiqada Marko Asensio, 61-daqiqada Vinisius Juniorlar hisobni yiriklashtirishga xizmat qiluvchi gollarni urdi. 71-daqiqada Federiko Valverde ham gol muallifiga aylandi. 84-daqiqada Jota hisobni qisqartirishga erishdi.

Guruhning ikkinchi o‘yinida “Leypsig” “Shaxtyor” ustidan 4:0 hisobida g‘alaba qozondi. Nemis klubi safida Kristofer Nkunku, Andre Silva, Dominik Soboslai va Dani Olmo gol muallifiga aylandi.

Shu tariqa “Madrid” klubi 13 ochko bilan guruhni 1-o‘rinda yakunladi. “Leypsig” 12 ochko bilan 2-o‘rinni egalladi. “Shaxtyor” esa Yevropa Ligasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

YCHL

6-tur bahslari

2-noyabr, chorshanba

“Real” – “Seltik” 5:1

Gollar: 1:0 – 6 Modrich (penalti), 2:0 – 21 Rodrigo (penalti), 3:0 – 51 Asensio, 4:0 – 61 Vinisius Junior, 5:0 – 71 Valverde, 5:1 – 84 Jota.

“Real Madrid”: Kurtua, Karvaxal (Vaskes, 64), Alaba (Nacho, 66), Militao (Valyexo, 73), Mendi, Modrich (Sebalyos, 66), Kroos, Valverde, Asensio, Vinisius Junior (Benzema, 64), Rodrigo.

“Seltik”: Hart, Yuranovich, Starfelt, Yens, Teylor, Muy (Ternbull, 63), O‘Rayli, Hatate (Abilgor, 82), Abada (Jota, 63), Furuxasi (Yakumakis, 62), Maeda (Hakshabanovich, 63).

Ogohlantirishlar: O‘Rayli (20), Furuxasi (47).

“Shaxtyor” – “Leypsig” 0:4

Gollar: 0:1 – 10 Nkunku, 0:2 – 50 Andre Silva, 0:3 – 62 Soboslai, 0:4 – 68 Olmo.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Gulja qirg‘ini” — uyg‘urlarni o‘ldirishni boshlagan Xitoy, chechenlarni ommaviy o‘ldirgan rus OMONi va vodorod bombasini botqoqqa tashlagan AQSH samolyoti. Kun xr...
Mahalliy
Toshkent viloyatida avtokran qulashi oqibatida mashinist vafot etgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Mahalliy
“Tez yordam mashinasi 5 yilda ikki baravarga ko‘paydi, bitta chaqiruv dorisi 640 so‘mdan 7,5 ming so‘mga oshdi”. “Daryo” tibbiyotdagi o‘zgarishlarni Namangan viloy...