“Bavariya” darvozaboni Manuel Noyer yuz terisi saratoniga chalinganini ma’lum qildi.
“Menda yuz terisi saratoni bor edi va uni davolash uchun uchta jarrohlik amaliyotini boshdan kechirdim”, — deb yozadi “Bavariya” posboni.
Noyer 2011-yildan buyon “Bavariya” sharafini himoya qilib kelmoqda. Myunxen klubi bilan birga 10 marta Germaniya chempionatida, 2 marta Chempionlar Ligasida zafar quchgan. Manuel Germaniya terma jamoasi bilan birga 2014-yilgi Jahon Chempionatida g‘olib chiqqan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)