“Yuventus” klubi va Italiya terma jamoasi sobiq hujumchisi Alessandro del Pyero Chempionlar Ligasining 2022/23-yilgi mavsumdagi favoritlarini sanab o‘tdi.
Sovrin uchun asosiy da’vogarlar: “Real Madrid”, “Manchester Siti” va “Bavariya”. Bu jamoalar musobaqa g‘olibligi uchun asosiy favorit. Ulardan keyin “PSJ”, “Chelsi” va “Napoli” bor. “Liverpul” hozir og‘ir ahvolda, biroq Jahon Chempionatidan keyin nima bo‘lishini ko‘ramiz.1 va 2-noyabr kunlari Chempionlar Ligasining guruh bosqichidan o‘rin olgan 6-tur bahslari bo‘lib o‘tadi. Shundan keyin pley-offga yo‘l olgan barcha jamoa nomi ma’lum bo‘ladi.Alessandro del Pyero, sobiq futbolchi
Izoh (0)