Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Navoiy viloyati Nurota tumanidagi mehmonxona binosi kimoshdi savdosiga qo‘yildi. Lot ma’lumotlari “E-auksion” portalida e’lon qilingan.

Foto: E-auksion

Foto: E-auksion

Lot auksionga Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Navoiy viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan qo‘yilgan.

Yer uchastkasining umumiy maydoni — 0,97 gektar. Binoning maydoni — 926,8 kvadrat metr.

Yerga bo‘lgan huquq turi — ijara. Mehmonxonada suv, elektr, gaz ta’minoti va kanalizatsiya tizimi mavjud.

Auksionga qo‘yilgan mehmonxonaning boshlang‘ich bahosi — 18,3 mlrd so‘m. Arizalar 14-noyabr 09:00 ga qadar qabul qilinadi. Savdolar xuddi shu kuni 10:00 da boshlanadi.

Avvalroq Jizzaxdagi “O‘zbekiston” mehmonxonasi qariyb 40 mlrd so‘mga auksionga qo‘yilgani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiyada deputatlar davlat budjeti muhokamasida mushtlashdi (video)
Mahalliy
Namangandagi ko‘mir mashmashasi: aholi uchun ko‘mir sotib olish — ovoragarchilik, rahbarlar esa ko‘mirga talab uning sifati yaxshiligidan demoqda (video)
Mahalliy
Toshkentda zo‘ravonlikka qarshi kurash bo‘yicha xalqaro anjuman — suratlarda