• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Parijda Nukus shahridagi Savitskiy muzeyi eksponatlari namoyish etiladi (foto)

    Parijdagi Arab dunyosi institutida 22-noyabr kuni O‘zbekiston xalq va amaliy san’atining XIX asr o‘rtalari — XX asr boshlarigacha bo‘lgan davrda yaratilgan noyob asarlari ko‘rgazmasi ochiladi.

    Nukus shahrida joylashgan Savitskiy Davlat san’at muzeyi eksponatlari ko‘rgazma negizini tashkil etadi. Ular orasida qoraqalpoq xalqining an’anaviy dekorativ-amaliy san’ati asarlari va XX asrda ijod qilgan o‘zbekistonlik rassomlarning Turkiston avangardi oltin fondiga kiritilgan asarlari ham bor.

    Ko‘rgazma uchun eksponatlar muzey xodimlari va ularning fransuz hamkasblari tomonidan birgalikda tanlab olindi.

    Ta’kidlash kerakki, eng qiziqarli eksponatlardan biri qoraqalpoq ayollarining XVII-XVIII asrlardagi an’anaviy bosh kiyimi — tobelik hisoblanadi. Tobelik marjon va firuza toshlari hamda kumush plastinalardan yig‘ilgan slindrsimon shaklga ega. U to‘y bosh kiyimi — saukele ustidan kiyiladigan qo‘shimcha bezak, o‘ziga xos toj vazifasini bajargan deb hisoblanadi.

    Ko‘rgazmada kimesheki ham taqdim etiladi. U ham ayollarning milliy bosh kiyimidir. Kimesheki boshni butunlay qoplaydi, yuz esa ochiq qoladi. Ba’zi jahatlariga ko‘ra “kapyushon”ni eslatadi. Turmush qurgan ayollar muayyan rangdagi kimesheki kiygan va shu orqali o‘z maqomiga urg‘u bergan.

    Arabeki — burunga taqiladigan kichik xalqalar ham shubhasiz tashrif buyuruvchilarning e’tiborini jalb qiladi. Ular oltindan yasalgan va spiral o‘ramlar, mayda feruza va korall munchoqlari bilan bezatilgan. Arebekilarni yosh qoraqalpoq ayollari burnining o‘ng tarafiga taqqan bo‘lib, bu bezaklar O‘zbekistonning boshqa hududlarida uchramaydi. Ularni zamonaviy pirsingga o‘xshatish mumkin.

    Tanlab olingan eksponatlar orasidan O‘rol Tansiqboyev, Viktor Ufimsev, Nadejda Kashina mo‘yqalamiga mansub asarlar joy olgan. Aleksandr Volkov, Aleksey Isupov va boshqalarning asarlari ham bor. Mualliflarning o‘ziga xos rassomlik uslubiga qaramay, barcha asarlar bitta mavzu — Sharq va uning rang-barangligidan ilhomlanib yaratilgan va shu mavzu atrofida birlashtirilgan.

    Masalan, Nikolay Karaxanning “Qarag‘ay daraxtlari qurshagan hovuz bo‘yidagi choyxona” asarini ko‘rgan tomoshabin o‘sha davrdagi odamlarning qanday kiyinishi va dam olishi, ularning turmush tarzi, tabiatni darhol anglashi mumkin.

    Viktor Ufimsevning “Sharq motivi” asari ham juda qiziq. Sibirda tug‘ilgan rassom Markaziy Osiyo bilan tanishar ekan, asta-sekin an’anaviy Islom san’atini o‘rgandi. Ushbu asar musulmon miniatyurasining erkin modernistik stilizatsiyasi bo‘lib, unda an’anaviy ziyofat sahnasi aks ettirilgan. Asarda dam olayotgan ikki ayol tomon qo‘lida ko‘za ko‘tarib kelayotgan erkak tasvirlangan.

    G‘arb tomoshabinlari ushbu asarga qarab, Sharqda har doim ayolga bo‘lgan chuqur hurmatni yuksak baholashi mumkin.

    Umuman olganda, Savitskiy muzeyi tomonidan taqdim etilgan butun to‘plam Sharq madaniyati va xususan O‘zbekistonning rang-barangligi, o‘ziga xosligi va jozibasini ochib berishga mo‘ljallanganini alohida ta’kidlash lozim. Va u Yevropaning mashhur poytaxtida joylashgan Arab dunyosi institutida taqdim etilishi katta ramziy ma’noga ega. Bu G‘arb va Sharqning birgalikda mavjud bo‘la olishi va bir-birini o‘zaro boyitishi mumkinligini yana bir bor tasdiqlaydi.

    26.10.2022, 22:19   Izoh (0)   12663
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qoraqalpog‘istondagi sahroda maxsus taktik o‘quvlar o‘tkazildi

    26.10.2022, 22:12

    “Daryo” kundaligida 26-oktabrda sodir bo'lgan eng muhim voqealar

    26.10.2022, 22:02

    “O‘zkimyosanoat” korxonalarida yil boshidan beri 3 mlrd so‘mning asossiz sarflanishi oldi olindi

    26.10.2022, 21:43

    Shavkat Mirziyoyev tashrif buyurgan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazidagi yangi yuqori texnologik xirurgiya binosidan fotoreportaj

    26.10.2022, 21:35

    Andijonda kengash qarori bilan noqonuniy tarzda hokimlik zaxirasiga olingan 260 gektar yer fermerlarga qaytarildi

    26.10.2022, 21:21

    Surxondaryoda bozordagi qurilish ishlarini qo‘shib yozish orqali 538 mln so‘mni o‘zlashtirgan shaxslar ushlandi

    26.10.2022, 20:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda ikki mingta holatda energiyadan behuda foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 11:10

    Jahon chempionati qur’asi qachon va qayerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 23 avgust, 11:00

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25

    Go‘sht yeyuvchi bakteriya AQSH plyajlarini egallab oldi

    Dunyo | 23 avgust, 10:00

    O‘zbekistonda nechta oila borligi ochiqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 09:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.