Fevral oyining oxiridan sentyabr oyining oxirigacha Rossiyaning 700 ga yaqin kompaniyasi BAAda o‘z filiallarini ochdi. Bu haqda “Delovaya Rossiya”ning BAAdagi biznes elchisi Maksim Zagornov “Izvestiya” nashriga ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan yildan buyon bunday kompaniyalar soni yetti baravargacha ko‘paygan.
Kompaniyalarning aksariyati kichik va o‘rta biznes vakillari hisoblanadi. Biroq keyinchalik yirik korporatsiyalar ham o‘z vakolatxonalarini ochishi kutilmoqda.
Rossiya Savdo-sanoat palatasi BAAdagi filiallar asosan IT-kompaniyalar ekanligini ma’lum qilgan.
Gonkongda ham fevral oyi oxiridan beri Rossiya bilan aloqador kompaniyalar soni deyarli uch barobarga oshgan.
Shu bilan birga, shaharda Rossiya kapitalining keskin pasayishi qayd etilgan va rossiyaliklar bank xizmatlaridan foydalanish bilan bog‘liq muammolardan shikoyat qilmoqda.
Avvalroq O‘zbekistonda xorijiy IT kompaniyalar soni keskin ko‘payotgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)