Unai Emeri “Aston Villa”ning bosh murabbiyiga aylandi.
50 yoshli mutaxassis 1-noyabr kunidan boshlab, rasmiy ish faoliyatini boshlaydi. Shunga qadar murabbiyning Angliyada ishlashiga ruxsatnoma tayyor bo‘lishi lozim.
Emeri yiliga 7 million yevro maosh olishi belgilangan.
Ispaniyalik mutaxassis bunga qadar “Vilyarreal”ni boshqarib kelayotgan edi. Ispan jamoasi bilan 2021-yilda Yevropa Ligasida zafar quchgan. Emeri 2018-yildan 2019-yilgacha Angliyada “Arsenal” bosh murabbiyi sifatida ishlagan.
“Aston Villa” APLda ortda qolgan 12 turdan so‘ng 12 ochko bilan 14-pog‘onada bormoqda.
Izoh (0)