Burundi sobiq ikkinchi vitse-prezidenti, 53 yoshli Jozef Butore Rossiya fuqaroligini oldi. Tegishli farmonni Rossiya prezidenti Vladimir Putin imzoladi, hujjat huquqiy axborotning rasmiy portalida e’lon qilindi.
Butore Jozef, 1969-yil 14-aprelda Burundi shahrida tug‘ilgan, — deb qayd etildi u rus fuqaroligini olganlar ro‘yxatidaUndan tashqari, Rossiya fuqaroligini olganlar ro‘yxatida Markaziy Osiyo respublikalari, Buyuk Britaniya, Fransiya, Ispaniya, Vyetnam, Bangladesh, Gvatemalaning tub aholisi — jami 37 kishi bor.
Jozef Butore 2015-2020-yillarda Burundining ikkinchi vitse-prezidenti lavozimida ishlagan. 2018-yilda u Rossiyaning “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan.
Izoh (0)