Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida tibbiy buyumlar noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Uchko‘prik tumani bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda fuqarolar O‘.Q. va N.G‘. tibbiy buyumlarni dorixonalardan tashqarida muomalaga kiritish orqali daromad orttirishni ko‘zlab, fuqaro Q.ga tegishli hujjatlari bo‘lmagan 50 ming dona “BIOLA Biosetix Budjet, Igla/Ine 21G” nomli xorijda ishlab chiqarilgan sistema tibbiy buyumini 115 million so‘mga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish, shuningdek dori vositalarini dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)