• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    “Bu kasallik bilan kurashmasangiz, olib ketib qoladi”. Saida Rametova saratonni qanday yengayotgani hamda kelinlari bilan munosabatlari haqida (video)

    O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Saida Rametova “Sevimli” telekanalining “Mashhurlar” ko‘rsatuviga bergan intervyusida saraton kasalligini qanday yenggani, kelinlari bilan qanday munosabatda ekani, talabalik yillari, ota-onasiga bergan va’dasi, uni asossiz teatrdan ishdan bo‘shatishgani va bu holat u uchun og‘ir bo‘lgani, hozirgi aktrisa va aktyorlarning faoliyati haqida gapirdi.

    Saida Rametova umrining qaysi yillarini sog‘inishi haqida

    “To‘g‘risini aytsam, yaqinda yoshlik yillarimni ko‘p esladim. Yelib-yugurib tinmasdan rollarni ijro etganimni yodga oldim. Keyin o‘zimga-o‘zim yaxshi ham tinib-tinchimasdan kinoda, serialda, teatrda ko‘p rollarni ijro etgan ekanman dedim, hozir ikki yildan buyon rol ijro etishni sal kamaytirdim. Sog‘lig‘im tufayli, shunda ham nolimayman, Allohning suyukli bandasi ekanman, ko‘pchilikning duosi, o‘zimning g‘ayratim bilan ko‘plab ko‘rsatuvlar, serial, kinoda rol ijro etdim. Teatrda imkon boricha yengilroq, komediya rollarimni ijro etdim, uch-to‘rtta klassika, tarixiy spektakllarimdagi rollarni esa ijro etmay turibman. Endi ruxsat berishdi, o‘sha rollarimni eslab yuribman, o‘ynash niyatim bor. Alloh kuch-quvvat bersin.

    “Keyin yoshlik davrlarimni, opa-singil, aka-uka, qarindoshlarim bilan o‘tgan yaxshi kunlarimni eslayman va nimaga bunchalik umr tez o‘tyapti, bir pasda katta bo‘lib qoldik, yoshlik, jo‘shqin, kuchga to‘lib yurgan vaqtlarimiz tez o‘tib ketgandek go‘yo. Hayotning qanchalik shirin, har bir daqiqaning qadriga yetish kerakdek tuyuladi. Har bir kunga shukrona aytgim keladi”, — deydi aktrisa.

    Foto: Videodan skrinshot

    Foto: Videodan skrinshot

    “Harakat qildim, o‘zimda kuch topa oldim”

    “Hayotni, kasbimni yaxshi ko‘rganimdan kasallikni yenga oldim, hayot, yashash yaxshi. Bu kasallik bilan kurashmasangiz ‘olib ketadi’. Shifokorlarga, professorlarga rahmat, ‘hayotga ishonch bilan qara, bu kasalikka yengilib qolma’, deb ko‘p narsalarni o‘rgatishdi. Ular saraton kasalligi haqida kitoblar berishdi, o‘qidim, harakat qildim, o‘zimda kuch topa oldim. Men kasal ekanman deb vahimaga tushib, umidsiz bo‘lib, shunaqa ayollar ham bo‘ldi, men ularga ham kuch bera oldim. Meni ko‘rib ular ham harakat qilishdi. Yaqinda ham bordim, tekshirtirdim, hammasi yaxshi.

    Biroq bari bir muolajani davom ettirib, parhez qilish, o‘zimga qarashim, umid, ishonchni yo‘qotmaslik kerak. Bu kasallikda g‘am-tashvish, qanaqadir yomon narsalarni o‘ylamaslik, iloji boricha kuch to‘plab yashash kerak. Kasal bo‘lgan ayollarning oldiga bordim, suhbatlashdim, ular bilan ovqatlandim. Ayol oilada kerak, ayol borki, dunyo, beshik tebranib turadi. Shuning uchun biz ham o‘zimizni o‘ylashimiz kerak. Kasallik o‘tib ketgandan keyin emas, oldinroq borib, oldinroq davolanishimiz kerak”, — deydi Saida Rametova.

    Foto: Videodan skrinshot

    Foto: Videodan skrinshot

    “Kelinlarim ahil, inoq, shundan xursand bo‘laman, baxtli qaynonaman”

    “Birinchi o‘g‘lim 21 yoshida uylangan. Kelinimni yaxshi ko‘rib, sovchilikka borganman. Qudalarim ham, kelinim ham yaxshi, sovchilikka borganimda ozgina qiynalganman. ‘Sizni yaxshi ko‘ramiz, hurmat qilamiz, lekib qizimizni bermaymiz’ deyishdi. Nimagaligini so‘radim, menimcha san’atkorlarning ichida hamma tomonlama ibratli ayol san’atkor bo‘lib yuribman desam, ‘siz yomon qaynonasiz’, deyishgan. Shu bilan rozi bo‘lishdi, mana 20 yil bo‘ldi, biz hozir kelinim bilan ona-boladekmiz. Yaqinda katta o‘g‘lim egizak farzandli bo‘ldi. Keyin Azizbekka yoshing o‘tdi, uylan dedim. Erta-indin deb o‘zi ham yoshi o‘tganini bilmay qoldi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Xullas, bari bir Alloh o‘zini nikohini tashlamaguncha ikki yoshning qalbini birlashtirib bo‘lmas ekan. Qachon Alloh nikohini tashlasa, peshonasiga yozilgani bo‘lar ekan, peshonadan qutulib bo‘lmas ekan. Mana yozilgan ekan, 33 yoshida uylandi. Rollarni ijro etganim bilan hayotda xursand bo‘laman, kelinlarimni yonini olaman, ular bilan ona-bola bo‘lganman. Hozir ikkinchi kelinim ham qizimdek. Yonma-yon yashaymiz, ular alohida, biz alohidamiz. Ikkalasi ham kirib bir-biri bilan ish qilsa, opa-singildek bo‘lib yursa, maslahat qilishsa, bu kelinim ham ovsiniga yordam beradi. Fotima va Zuhralarga qarab, ovqat qilishsa bir-biriga uzatishadi. Ahil, inoq, shundan xursand bo‘laman, baxtli qaynonaman”, — deydi aktrisa.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Aktrisa ota-onasi san’at sohasiga kirishiga qarshi bo‘lgani va ularga bergan va’dasi haqida 

    “O‘qigan paytlarim esimga keladi, yotoqxonada yashaganman, o‘sha yerda ‘startsa’ qilishgan edi. Hamma tomonlama zo‘r edim, qizlar birorta yigitga qarasa, o‘qishingni o‘qi, soat nechida kelding deb xonalarini tekshirib chiqar edim. O‘sha paytda menga ‘qaynona’ deb laqab qo‘yishgan. Hammani tekshirib yurasan, senga nima deyishar edi. ‘Startsa’manmi mening kursimda hamma narsa joyida bo‘lishi kerak derdim. O‘shanda bu qaynonalik qiladi deb menga hazil qilishar edi. Haqiqatan ham qaynona rolida tanildim, o‘sha gapni ham hikmati bor ekan. O‘sha paytda uydan ham ko‘p pul so‘ramasdan o‘zim harakat qilar edim.

    Foto: “Yandeks.ru”

    Foto: “Yandeks.ru”

    Chunki o‘qishga kirganimdan keyin ham ruxsat berishlari qiyin bo‘lgan. Otam, rahmatli bobo-buvim qarshi bo‘lgan, faqat onam rozi bo‘lgan, lekin bildirmagan. Ichlaridan, meni aynan san’atga qiziqishim uchun aktrisa bo‘lishimni chin dildan xohlagan. Onamda mahorat bor edi, she’r, qo‘shiq aytgan, juda ko‘p narsaga qiziqardilar. Ular ‘Men juda ham xohlar edim, lekin menga ruxsat berishmagan, sen kirding, biroq bizni yuzimizni yerga qaratma, sen tomondaman, o‘zingni bilib yurgin, hamma narsada iffatingni unutma’, — deb aytgan.

    Nasib bo‘lsa o‘qishimni bitirib, hurmat-izzatim bilan turmushga chiqaman, farzandlar ko‘raman, san’atkorlarga orzu qilib shu kasbni egalladimmi, shulardek bo‘lishga harakat qilaman, Alloh riz-nasiba bersa, sabr qilib bitta turmush o‘rtog‘im bilan umr o‘tkazishga, farzandlarim katta bo‘lganida quda-andalik bo‘laman, ularning ham oldida artistda, shuning uchun ajraldi degan gapni ko‘tara olmayman, sizlarning ham yuzingizni yerga qaratmayman, deganman.

    Foto: Videodan skrinshot

    Foto: Videodan skrinshot

    Allohga shukr, ularga nima va’da bergan bo‘lsam, bajardim, Toshkentga kelganimga 45 yildan oshibdi, Jumadulla Rametov bilan turmush qurganimga ham, san’at sohasida ishlayotganimga ham 40 yil bo‘libdi. Barcha qiyinchiliklarga chidadim. Yotoqxonada yashab yurgan vaqtlarimda och qolgan kunlarim ham bo‘ldi, o‘zimga va birortasiga xiyonat qilmadim. Hammasiga sabr qildim”, — deydi aktrisa.

    “Menga oson bo‘lmagan, buni Alloh va biz o‘zim bilaman”

    “Yaxshi ishlab, yaxshi ijod qilib kelayotgan edim. Keyin nima bo‘ldi bilmayman, yoki kimdir direktorimizga men haqimda biror narsa dedimi, bilmadim. Keyin menga ko‘p gapira boshladilar, men u gaplarni eshitishga arzimayman, men u darajadagi gaplarni eshitadigan aktrisa emasman. Shuncha yil ishlab, mehnat qilib nimaga harakat qildim, kasbimni, yurtimni yaxshi ko‘raman. Or-nomus, andisha uchun talashdim. Hammasini ko‘nglini olishga harakat qildim. Jumadulla Rametov bilan turmush qurib, nima bo‘lsa oxirigacha turishga harakat qilib keldim. Bizning oramizdan ham ko‘p narsa o‘tgan, dushmanliklar bo‘lgan.

    Shuncha sabr-toqatli bo‘lsam, nimaga menga buncha munosabat deganman, gohida shu narsa alam qiladi. Yoki men hayotda noto‘g‘ri qadam bosdimmi deyman, o‘zimga-o‘zim savol beraman. Halol yashab mehnat qilishga harakat qildim, o‘zimga nimani ravo ko‘rsam boshqalarga ham shuni ravo ko‘raman. Qo‘limdan kelsa yaxshilik qilaman, oxiri gap-so‘zlarni ko‘tara olmadim. Meni hech kim teatrdan haydamadi, o‘zim ishdan bo‘shashga ariza yozdim. Men bunaqa sharoitda, atmosferada ishlay olmayman, ketaman dedim.

    Foto: “Yandeks.ru”

    Foto: “Yandeks.ru”

    Teatrdagi hamkasblarim, ustozlarim, direktorimni o‘zi ham chiqqanidan keyin meni quchoqlab oldi. ‘Men senga xayfsan bermoqchi edim, ketma’, dedi. Men esa ketaman dedim. Shu bilan teatrdan o‘zim ariza yozib ketdim. To‘g‘ri menga oson bo‘lmagan, buni bir o‘zim va Alloh biladi. Chunki mehr berib ishlagandan keyin, umid va ishonch bilan hamma tomonni yo‘lga qo‘yib yashagan vaqtda shunaqa vaziyat bo‘lsa qiyin bo‘lar ekan. Biroq o‘sha paytda ham bo‘sh qolmadim, kino, serial, to‘y xizmlatlariga bordim. Men buni hech qachon berkitmaganman, uyalmaganman, xalq meni yaxshi ko‘rar ekan, borganman, boraman ham”, — deydi Saida Rametova.

    Saida Rametova hozirgi yosh aktrisa va aktyorlarning faoliyati haqida

    “Yoshlarni ham ko‘p ayblashni xohlamayman. Chunki ko‘rib turibman, o‘zimizni teatrda ham, boshqa teatrda ham yoshlar harakat qiladi, o‘zini ustida ishlaydi, ustozlarga yaxshi munosabatda bo‘ladi. Bizni paytimizda bir filmda ishlash, band bo‘lish qiyin edi, nechta chig‘iriqdan o‘tib, yillab rol kutar edik. Shuning uchun san’atning qadirga yetar edik, hozirgi yoshlar baxtli. Yillar davomida kasbimizga sadoqat bilan yondashib tanildik. Men har doim aytaman, klip, serial, reklama ketma-ket, bitta aktrisa yettita-sakkizta serialda chiqyapti, bu baxt. Buni qadriga yetib mehnat qilish va shukr aytish kerak. Hattoki hozirgi yoshlarimiz ‘yo‘q, men ko‘p rollarda chiqdim, ozgina tanaffus qilay’ deyishadi. Biz esa rolni yillab kutar edik”, — deydi aktrisa.

    Foto: “Yandeks.ru”

    Foto: “Yandeks.ru”

    Mavzuga doir:

    • Instagram: Saida Rametovaga Umraga yo‘llanma sovg‘a qilishdi, Salimboyvachcha bilan tanishgan Erali, ajrashganiga ishora qilgan Muqaddas Sa’dullayeva.
    • Instagram: Egizak nevarali bo‘lgan Saida Rametova, Kaniza Tashkent City’dan uy olganidan afsusda, Muqaddas Yigitalidan “kaltak yedi”.
    • Aziz Rametovning to‘yi sanasi ma’lum bo‘ldi. Saida Rametova kenja kelinini qanday topgani haqida so‘zlab berdi (video).
    • Instagram: Vohidjon Isoqov ota bo‘ldi, Saida Rametova tug‘ilgan kunini qanday nishonladi? “Daydi qiz” kimning ustidan IIBga arz qilmoqchi?

    24.10.2022, 16:40   Izoh (0)   25749
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Anjelina Joli yangi filmda opera xonandasi Mariya Kallas rolini ijro etadi

    24.10.2022, 14:50

    Burak O‘zchivit, Kivanch Tatlitug‘ va boshqa mashhur turk aktyorlari kinodagi karyerasi davomida qanchalik o‘zgargan?

    24.10.2022, 10:47

    Instagram: Ozodbek Nazarbekov o‘g‘lining to‘yidagi yulduzlar yog‘dusi, yangi mashinali bo‘lgan Liil Xurramov, Yigitali bilan yarashgan Muqaddas

    23.10.2022, 22:50

    Kinotavsiya: Jonivorlar haqidagi eng ta’sirli filmlar (foto)

    23.10.2022, 22:30

    Rupert Grint “Garri Potter”ning ikkita filmida suratga olish jarayonida kulgani uchun 2 800 dollar jarimaga tortilgani ma’lum bo‘ldi

    23.10.2022, 12:44

    Instagram: Shukurulloh domla bilan quda bo‘lgan Ozodbek Nazarbekov, Munisa Rizayevaning dabdabali tug‘ilgan kuni, qizini uzatgan “Qalpoq”chi Maraymamat

    22.10.2022, 22:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!

     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Putin Trampdan Ukrainaning bosib olingan hududlarini tan olishni talab qilmoqchi — WSJ

    Dunyo | 8 avgust, 15:05

    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi

    Reklama | 8 avgust, 15:00

    “PSJ” darvozaboniga “Manchester Siti”, “Chelsi” va “Bavariya” qiziqish bildirmoqda

    Sport | 8 avgust, 15:04

    Qo‘l ostidagi xodimlariga quldek munosabatda bo‘ladigan takabbur mashhurlar

    Shou-biznes | 8 avgust, 14:53

    Putin Shavkat Mirziyoyevga AQSH prezidenti maxsus vakili bilan muzokaralari asosiy natijalarini aytdi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 14:33

    Yevropa aeroportlarda suv olib o‘tish taqiqi bekor qilinishi mumkin

    Dunyo | 8 avgust, 14:21

    Jennifer Lopes konsertidan so‘ng Armanistondagi stadion maydoni yaroqsiz holga keldi

    Sport | 8 avgust, 13:49

    Sun’iy intellekt yordamida 1 yil oldin bedarak yo‘qolgan sayyoh jasadi topildi

    Dunyo | 8 avgust, 13:45

    Beeline kunlik abonent to‘lovi bo‘yicha Raqobat qo‘mitasi ko‘rsatmasini bajardi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 13:22
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.