“Koko siri” multfilmida Kokoning buvisi prototipiga aylangan Mariya Salud Ramires Kabalero Meksikaning Michoakan shtatida vafot etdi, deb xabar bermoqda “Pravila jizni” nashri. Meksikalik ayol 16-sentabr kuni 109 yoshni qarshi olgan va u tug‘ilgan kunini oilasi bilan nishonlagan. Michoakan rasmiylari uning o‘limi sababini aniqlamagan.
“Koko siri” multfilmi 2017-yilda premyera qilingan. Animatsion filmning sujeti o‘lganlar xotirasiga bag‘ishlangan va Meksikada “Marhumlar kuni” bayrami haqidagi voqealardan iborat. Ushbu multfilm “Eng yaxshi animatsion film” va “Film uchun eng yaxshi qo‘shiq” nominatsiyalarida “Oskar” mukofotiga sazovor bo‘lgan.
Loyiha mualliflari Mariya Kabalero bilan Meksika shtatlari bo‘ylab sayohat qilgan paytda “Marhumlar kuni” an’analarini hujjatlashtirish maqsadida uchrashishgan. Ekipaj a’zolari bir nechta mahalliy oilalar, jumladan, Kabalero oilasi bilan yashagan, deb xabar beradi, El Pais nashri. Multfilmda meksikalik ayol yashagan Santa-Fe-de-la-Laguna aholi punktining cherkov va bir qancha ko‘chalari tasvirlari ham ishlatilgan.
Mavzuga doir: “Koko siri” multfilmining birinchi treyleri taqdim etildi (video).
Izoh (0)