Toshkent shahar hokimining qaroriga asosan 22-oktabrdan isitish mavsumi boshlanadi.
Poytaxt hokimligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Toshkent shahridagi markazlashgan issiqlik ta’minotidan foydalanuvchi iste’molchilarni issiqlik bilan ta’minlash maqsadida 19-oktabrdan issiqlik manbalaridan issiqlik muhitining aylanma harakati yo‘lga qo‘yiladi.
22-oktabrdan ijtimoiy soha obyektlari va 24-oktabrdan ko‘p qavatli turar joy binolarini bosqichma-bosqich issiqlik energiyasi bilan ta’minlash boshlanadi.
Mazuga doir: Toshkentda isitish mavsumi arafasida 1600 dan ortiq nosozliklar bartaraf etildi
Izoh (0)