Indoneziya poytaxti Jakartada ro‘y bergan keng ko‘lamli yong‘in natijasida Koja tumanidagi islom markazi katta masjidining gumbazi qulab tushdi, deb yozadi Tribunnews.
Xabarlarga ko‘ra, yong‘in vaqtida atrofda aholi gavjum bo‘lgan. Gumbaz qulashidan olomonda jazavaga tushish hayqiriqlari va vahima ko‘tarilgani aytilmoqda.
Guvohlarning aytishicha, yong‘in paytida masjidda namozxonlar bo‘lgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in masjid gumbazida olib borilgan payvandlash ishlari natijasida boshlangan.
O‘t o‘chirish bo‘limi hozircha hodisaning aniq sabablarini ma’lum qilmagan.
Izoh (0)