Ijtimoiy tarmoqlarda G‘ijduvon tumani “Sarvari” mahallasida yashovchi fuqarolar tomonidan katta janjal yuzaga kelib, unda 65 yoshli nuroniy kaltaklangani aytilgan xabarlar tarqaldi. Buxoro viloyati ichki ishlar boshqarmasi holat yuzasidan munosabat bildirdi.
Aniqlanishicha, mazkur holat G‘ijduvon tumani IIB tomonidan hodisa sodir bo‘lgan vaqtning o‘zida tegishli tartibda qayd etilib, hodisa sodir bo‘lgan joy, vaqt va ushbu fuqarolarning shaxsiga to‘la aniqlik kiritilgan va tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilgan.
Hozirgi kunda olib borilgan surishtiruv harakatlari yuzasidan to‘plangan hujjatlar mazmunan ko‘rib chiqish uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha G‘ijduvon tumani sudiga yuborilgan. O‘rganish davomida huquqbuzarlik sodir etgan aybdor shaxslarga nisbatan qonunda belgilangan tartibda choralar ko‘riladi.
Izoh (0)