Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiya Tergov qo‘mitasi Belgorod viloyatidagi harbiy poligonda yuz bergan otishmadan keyin ommaviy qotillik bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi, deb yozmoqda “Kommersant”.

Foto: “RBK”

Foto: “RBK”

Ma’lumotlarga ko‘ra, tergov bilan G‘arbiy harbiy okrug bo‘yicha Tergov qo‘mitasining Harbiy tergov boshqarmasi shug‘ullanmoqda. U yerdan ish Tergov qo‘mitasining bosh harbiy tergov boshqarmasiga oshiriladi. Ishga terakt haqidagi modda qo‘shilishi mumkin.

Rossiya Mudofaa vazirligi va Belgorod viloyati gubernatori Vyacheslav Gladkov poligondagi otishmani terakt deb atagan.

Eslatib o‘tamiz, 15-oktabr kuni Belgorod viloyatidagi harbiy qismlardan birida otishma yuz berdi. Rossiya Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, otishmani “MDH davlatlaridan biri”ning ikki fuqarosi sodir etgan.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, poligonda yuz bergan otishma oqibatida 11 kishi halok bo‘lgan, yana 15 kishi yaralangan. Hujum qilganlar ham o‘ldirilgan. Vazirlik xabarida aytilishicha,  “terrorchilar” go‘yoki urushda qatnashmoqchi bo‘lgan ko‘ngillilarni otib tashlagan. Hodisa o‘q uzish mashg‘ulotlari vaqtida yuz bergan.

“Kommersant” va Mash hodisa qurbonlari Bryansk viloyatidan kelgan ko‘ngillilar ekani haqida yozdi. Gladkovning qayd etishicha, halok bo‘lganlar va yaradorlar orasida Belgorod viloyati aholisi yo‘q.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
O‘zbekistonda abort: qonuniy va xavfsiz bo‘lishiga qaramay, bu tanlov kamaymoqda
Dunyo
Serdar Berdimuhamedov barda to‘polon qilgan qarindoshini “Turkmengaz”dagi yuqori lavozimidan bo‘shatdi
Mahalliy
Kontrabanda sigaretalar ko‘proq qaysi viloyatlar chegaralaridan olib o‘tilmoqda? Bojxonachi javob berdi