• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12705.79
    • RUB159.2
    • EUR14704.41
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Avval vahshiylarcha o‘ldirib, keyin Spark’ka solib yoqib yuborgan” — Jizzaxda o‘ta og‘ir jinoyat sodir etgan shaxslarga sud hukmi o‘qildi

    Jizzax viloyatida giyohvandlik moddalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxsni avval vahshiylarcha urib o‘ldirib, keyin mashinasiga solib yoqib yuborgan jinoyatchilarga hukm o‘qildi.

    “Daryo” nashri “Bir jinoyat izidan” ko‘rsatuvidagi ma’lumotlarga tayangan holda material tayyorladi.

    Foto: Skrinshot

    2021-yilning 28-dekabr kuni Jizzax viloyatining G‘allaorol tumani Ichki ishlar bo‘limiga xabar kelib tushgan. Unga ko‘ra, Nayman qishlog‘i hududidagi dala maydonida davlat raqamisiz bo‘lgan Spark avtomashinasi avtohalokat tufayli yonib ketgani aytilgan. Voqea joyiga tezkor tergov guruhi yetib borib, kuyib kul bo‘lgan Spark avtomashinasi ko‘zdan kechirgan.

    Samandar Razzoqov

    Samandar Razzoqov
    Foto: Skrinshot

    Samandar Razzoqov G‘allaorol tumani prokurori:

    2021-yilning 28-dekabr kuni soat taxminan 09:30 larda tuman Ichki ishlar bo‘limi tomonidan berilgan ma’lumotga ko‘ra, tumanning Nayman qishlog‘i hududida joylashgan Abdumajid Abdug‘affor fermer xo‘jaligi dala maydonida Spark avtomashinasining yongan holati bo‘yicha ma’lumot kelib tushdi.

    Mazkur ma’lumotga ko‘ra, voqea joyida tezkor xodimlar bilan yetib borilganda, u yerda oq rangli Spark avtomashinasining ichida yonib ketgan shaxsi noma’lum murda borligi aniqlandi.

    Holat yuzasidan shu kunning o‘zida Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi (javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi hamda tergov harakatlariga kirishildi.

    Surushtiruvlarga ko‘ra, jabrlanuvchi Samarqand shahar, “Zarafshon” mahallasi Muruntov ko‘chasi, 5-uyda yashovchi Aminjon Safarov bo‘lib chiqqan.

    Otajon Qodirov Jizzax viloyati prokuraturasining katta tergovchisi:

    Akmal Abdullayev marixuana giyohvandlik vositalarining savdosi bilan shug‘ullanib kelgan va mazkur jinoyat ishi bo‘yicha marhum Safarov Aminjonga 2021-yil oktabr—dekabr oylarida ikki yuz to‘qson gramm giyohvandlik vositasini ikki ming dollarga sotgan. Shundan so‘ng Akmal Abdullayev Aminjon Safarovdan giyohvandlik vositalari uchun pul talab qilganda Safarov Aminjon pullarni yana so‘ragan taqdirda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berishini ma’lum qilgan.
    Tergov davrida ma’lum bo‘lishicha, 1990-yili Samarqand viloyatining Jomboy tumanidagi Beshsaid qishlog‘ida tug‘ilgan Akmal Abdullayev avvaliga kuchli ruhiy ta’sir qiluvchi “Lirika”, “Tramadol” tabletkalarini ichishga o‘rganib qoladi.

    Yangi tanishi Aminjon Safarovdan yashil rangli, o‘tkir hidli, quritilgan holdagi o‘simlik tarkibida giyohvand moddasi mavjud bo‘lgan marixuanani olib tatib ko‘ra boshlaydi. Bir yil ichida Akmal Abdullayev Aminjan Safarovdan qarz bo‘lib qoladi. Kunora qarzini qistagan Aminjonni ko‘rgani ko‘zi yo‘q. Beray desa qo‘lida puli yo‘q. O‘ylab, o‘ylab Akmal Abdullayev qishloqdoshlaridan jinoyatga moyil, biror ishning boshini tutmagan, bekorchi yigitlarni to‘plab jinoiy reja tuzadi.

    Otajon Qodirov, Jizzax viloyati prokuraturasining katta tergovchisi:

    Akmal Abdullayev Aminjon Safarovni o‘ldirishni maqsad qilib, bu yo‘lda o‘zining tanishlari, bir qishloqda yashovchi Vafoyev Yashin hamda Qodirov Elmurodlarni jalb qiladi. Ular Jonboy tumani markazida Safarov Aminjonni o‘ldirish rejasini tuzadi.

    Jinoiy rejaga muvofiq ular o‘zlari bilan birgalikda jinoyat qurollari bo‘lmish — bolg‘a, tesha hamda maxsus yelim idishda benzin yoqilg‘isini olishadi. Shundan so‘ng 2021-yil 27-dekabr kuni Safarov Aminjonga qo‘ng‘iroq qilib, unga giyohvandlik vositasi sotishni ma’lum qilganidan so‘ng o‘zi bilan birgalikda pul olib kelishini tayinlaydi va uchrashuv joyini Samarqand viloyati Jomboy tuman Qoraariq qishlog‘idagi soy bo‘yini tanlaydi. Shundan so‘ng, tushdan keyin Safarov Aminjon o‘zining boshqaruvidagi Spark rusumli avtomashinada voqea joyiga yetib keladi va Abdullayev, Vafoyev, Qodirovlar birgalikda uning tanasining turli joylariga yuqorida aytib o‘tilgan bolg‘a, tesha va qo‘llari bilan og‘ir tan jarohat yetkazib, uni qasddan o‘ldiradi.

    Foto: Skrinshot

    Jinoyatni yashirish maqsadida Aminjon Safarovning jasadini uning boshqaruvida bo‘lgan Spark avtomashinaga joylab, G‘allaorol tumaniga olib keladi. Tumanidagi fermer xo‘jaligining dala maydonida Spark mashinasini to‘xtatib, Aminjon Safarov va Spark avtomashinasiga benzin yoqilg‘isini quyib, zavurga mashinani tushurgan holatda yoqib yuboradi. Avtomashina davlat belgisini yashirib, voqea joyidan yashiringan.

    Sud tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, Safarov Aminjonning o‘limi hayotiga bevosita tahdid soladigan ochiq yuqori va pastki jag‘ suyagi sinish jarohati, yuqori labining yirtilishi, chap jag‘ suyagining sinish jarohati va bosh miyaga qon quyilishi, qattiq jism ta’sirida yetkazilgan og‘ir jarohatlar natijasidan yuzaga kelgan.

    Sherbek Isanov, Jizzax viloyati prokuraturasining bo‘lim boshlig‘i:
    Dastlabki tergov harakatlari davomida ayblanuvchilar Abdullayev, Vafoyev, Qodirovlar tomonidan sodir etilgan o‘ta og‘ir jinoyatlar to‘liq fosh etildi. Ularning jinoyati tergov hujjatlari, kimyoviy ekspertiza, sud ekspertiza, biologik ekspertizalar bilan to‘liq tasdiqlandi. Jinoyat ishlari bo‘yicha to‘plangan dalillardan kelib chiqib, bularga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi (javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirish), 164-moddasi 3- qismi va boshqa moddalar bilan ayblov e’lon qilinib, jinoyat ishi ularning aybi to‘g‘ri tasdiqlangan holda sudga yuborilgan.

    Iroda Muhammedova

    Iroda Muhammedova
    Foto: Skrinshot

    Iroda Muhammedova, Jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax shahar sudining sudyasi:

    Jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax shahar sudining 2022-yil 14-iyundagi hukmi bilan javobgarligini og‘irlashtiruvchi holatlarda qotillik jinoyatiga qo‘l urgan 3 shaxs, Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “i”, “p” bandlari (javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirish — tamagirlik niyatida, bir guruh shaxslar yoki uyushgan guruh a’zosi tomonidan yoxud o‘sha guruh manfaatlarini ko‘zlagan holda), 164-moddasi 3-qismi “g” bandi (bosqinchilik — badanga og‘ir shikast yetkazgan holda sodir etish) va boshqa moddalar bilan aybli deb topilgan.

    Ularning har biriga ozodlikdan mahrum qilish tarzdagi jazo tayinlandi. Abdullayev Akmalga nisbatan uzil-kesil 20 yil muddatga, Vafoyev Yashinga nisbatan 19 yil muddatga, Qodirov Elmurodga nisbatan esa 16 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazolari tayinlangan.

    15.10.2022, 21:20   Izoh (0)   41289
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yunusobodda Yoshlar innovatsion maskani va Bolalar psixologiyasi markazi foydalanishga topshirildi

    15.10.2022, 20:46

    “Qo‘lga olinganlarning Mudofaa vazirligiga aloqasi yo‘q, ular IIV harbiy xizmatchilari”. Chirchiqda 3 harbiy bankomatdan pul o‘g‘irlashga uringani bo‘yicha ma’lumo...

    15.10.2022, 20:30

    Toshkentda “Better Cotton Initiative” tashkiloti vakolatxonasi ta’sis etiladi

    15.10.2022, 20:13

    O‘zbekistonda doktoranturaga hujjat topshirish muddati uzaytirildi

    15.10.2022, 19:55

    Namangandagi o‘quvchisi sinf rahbari tomonidan ayovsiz kaltaklangan maktab jamoasi shok holatida. Viloyatda peshqadam sanaladigan maktabda hali bunday hodisa kuzat...

    15.10.2022, 19:11

    O‘zbekistonda kollej va texnikumlarga kirish imtihoni javoblari e’lon qilindi

    15.10.2022, 18:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK AstraSend orqali xalqaro pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ymoqda


    SAG 25 yilligi munosabati bilan Abu-Dabida hamkorlari uchun biznes tur tashkillashtirdi 


    Golden House’dan “O‘z Makon”: Toshkentdagi shahar hayotining yangi mezoni


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    Mobiuz xodimlari onkologik va gematologik kasalliklar bilan kurashayotgan bolalarga yordam ko‘rsatdi


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    President Tech Award: 1 000 000 dollarlik sovrin jamg‘armasiga ega innovatsion loyihalar milliy tanlovi boshlandi


    American University of Technology: ikkita magistrlik diplomi va AQSHda o‘qish imkoniyati


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
    Audio Icon

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36

    G‘azodagi ayol va qizlar: Isroil qamali ostida ularning hayoti qanday kechmoqda? (foto)

    13 iyun, 08:31
    Audio Icon

    “Hokim uyingni ekskavator bilan buzib tashlayman deb po‘pisa qilyapti”, — Samarqandda uyi “snos”ga tushganlarga kompensatsiya to‘lab berilmadi

    11 iyun, 20:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qashqadaryoda joniga qasd qilish uchun o‘zini kanalga tashlagan fuqaroni ichki ishlar xodimi qutqardi

    O‘zbekiston | 14 iyun, 23:06

    Superliga. “Paxtakor” “Bunyodkor” bilan, “OKMK” esa “Sho‘rtan” bilan durang o‘ynadi

    Sport | 14 iyun, 22:18

    Aktrisa Fotima Rejametova o‘zini osib qo‘ygan qo‘shnisi yuzasidan murojaat bilan chiqdi (video)

    O‘zbekiston | 14 iyun, 22:02

    Ombudsman Toshkentdagi hibsxonada ayol uzoq vaqtdan beri saqlanayotganiga izoh berdi

    O‘zbekiston | 14 iyun, 21:50

    50 daqiqalik suhbat: Putin va Tramp Yaqin Sharqdagi keskinlashgan vaziyatni muhokama qildi

    Dunyo | 14 iyun, 21:20

    ChatGPT’dan diniy savollarga javob olish joizmi? Musulmonlar idorasi javob berdi

    O‘zbekiston | 14 iyun, 21:18

    Tailand va Kamboja chegara mojarosini hal qilish uchun uchrashuv o‘tkazdi

    Dunyo | 14 iyun, 21:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.