• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Amerikaning Filadelfiyasidagi maktabda shunday fikrlasangiz o‘quvchining o‘zi peshonangizdan otardi”. Vazirlik mas’ulining Namangandagi maktab voqeasiga munosabati muhokamalarga sabab bo‘lmoqda

    Namangan viloyatining Davlatobod tumanida 58-maktab o‘qituvchisi o‘quvchisini ayovsiz kaltakladi. Viloyat IIB axborot xizmati mazkur holatga e’tibor qaratib, voqea yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlanganini ma’lum qildi.

    Mazkur voqea haqida yozgan Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati rahbari Laylo Rustamova blogerlarga murojaat qilib, o‘qituvchini vahshiylikda ayblashdan avval asl holatning tagiga yetish kerakligini uqtirdi.

    Foto: Skrinshot

    Foto: Skrinshot
    Hurmatli blogerlardan o‘qituvchini qoralab, “vahshiy” deb atashdan avval holatning tagiga yetishni maqsadga muvofiq deb sanaymiz. Bolalar o‘rtasida yuzaga kelayotgan turli tarbiyasizlikka aynan befarqlik va loqaydlik sabab bo‘lmoqda. Shu bois o‘qituvchini qoralashdan oldin yaxshilab mulohaza qilib ko‘ring, — dedi Laylo Rustamova Telegram’dagi rasmiy kanalida.

    Foto: Skrinshot

    Foto: Skrinshot

    Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati rahbarining mazkur chiqishi jamoatchilik, xususan jurnalistlar muhokamasiga sabab bo‘lmoqda.

    Foto: Skrinshot

    Foto: Skrinshot

    Jurnalist Barno Sultonova vazirlik mas’ulining bu chiqishiga javoban shunday deydi: “Siz Amerikaning Filadelfiyasi maktabida shunaqa fikrlasangiz, o‘quvchining o‘zi peshonangizdan otardi. Butunlay jinoyat botqog‘idagi o‘sha Filadelfiyadagi maktabning direktori sizni otish kerak degan o‘quvchilarga ‘men seni yaxshi ko‘raman, sening zo‘r o‘quvchi bo‘lishingga ishonaman’, deb maktabning qora ro‘yxatidan chiqargan ekan. Bu haqida post qo‘yganman. Laylo Rustamova ta’limda sizdek bolani yaxshi ko‘rmayotganlar ishlayotgani achinarli”.

    Mazkur izohga javob bergan Laylo Rustamova “Men holatni oqlaganim yo‘q. Bu harakatni vahshiy deb atashga shoshilmang, ikkinchi tomonni ham eshiting dedim. Munosib o‘qituvchi ta’limdagi bugungi holatni ko‘rib maktabga kelmaydi. Bolalar betarbiyaligida ota-ona emas o‘qituvchi aybdor bo‘lib qolyapti. Lekin o‘qituvchiga bolaga ortiqcha gap gapirishga yo‘l qo‘yilmayapti. Biror gap gapirib ko‘rsin o‘qituvchi ota-ona maktabni boshiga ko‘taradi. Xo‘sh, nima qilish kerak? O‘qituvchi ham maktabda ota-ona. Agar bola otasini so‘ksa yoki sensirasa ota-ona qanday yo‘l tutadi? Yana aytaman men urganini yoqlamayapman, shunchaki o‘qituvchining ham o‘z haqiqati bor uni ham eshitish kerak. Men bolani nega yaxshi ko‘rmayman?! Lekin o‘qituvchi xor bo‘lgan jamiyatimizda ularning battar xor bo‘lishini istamayman. Bolalarning tarbiyasi, afsuski tashlab qo‘yilgan. Istaganini qilyapti ular”, — dedi.

    Foto: Skrinshot

    Foto: Skrinshot

    Jurnalist Nurulloh Sha’rif “Menda pedagoglik diplomi bor-da, o‘qituvchini oqlaganlarning bolasini birma bir xuddi shunday kaltaklasam, mening ham yonimni olisharmikin?”, deydi. Bu gapga javob bergan Laylo Rustamova “Men o‘qituvchi bekorga bunday qilmaganiga 100 foiz ishonchim komil. Ertaga sinfda yoki maktabda bilganini qilib o‘tirgan o‘quvchi chiqsa o‘qituvchi qayerga qarayapti deb chiqishni bilamiz, lekin qilgan yomonligi uchun jazolanganida vahshiy deymiz. Men o‘qituvchi 100 foiz haq demadim, lekin o‘quvchi shu holatni atayin keltirib chiqargan bo‘lsa ham hayron bo‘lmayman”, — dedi. Vazirlik mas’ulining gapini qo‘llab-quvvatlagan yana bir jurnalist Nizomjon Islomov “Agar bu yerda o‘quvchining aybi bo‘lsa, o‘qituvchini qoralamayman. Biz maktabda bundan battar kaltaklarni yeganmiz. Zato o‘qituvchidan qo‘rqardik, aytganini qilardik, hurmat qilardik. Hozirgi o‘quvchilar esa bir tiyinga olmaydi”, — deb yozadi.

    Foto: Skrinshot

    Foto: Skrinshot

    Ushbu munozarani kuzatib turgan Facebook foydalanuvchisi Murodilla Mixliyev vazirlik mas’ulining bu gapiga javoban “Bu opajonimizning bolasini shunday kaltaklab ko‘rish kerak. Keyin anglaydi”, — desa, fotomuxbir Nozim Abdulla “O‘qituvchining ishi vahshiylik, uning yonini olganlarni ham vahshiy deb hisoblayman”, deydi.

    Foto: Skrinshot

    Foto: Skrinshot

    Bobur Yo‘ldoshev ismli Facebook foydalanuvchisi “Nima bo‘lganda ham bolani kaltaklash xato, ish kaltaklash bilan hal qilinadigan bo‘lsa, uni aql bilan bitiradiganlarga topshirish kerak”, — desa, “Ma’rifat” gazetasi bosh muharriri Husan Karvonli “O‘qituvchi bir shappat ursin, boring ikki shappat ursin. Buni ko‘rdingizmi o‘zi? Holatni yuz kun o‘rgansangiz ham bir gramm ham oqlab bo‘lmaydi”, — deydi.

    Foto: Skrinshot

    Foto: Skrinshot

    Foto: Skrinshot

    Foto: Skrinshot

    Yulduz Xoliqova ismli Facebook foydalanuvchisi esa Laylo Rustamovaga murojaat qilib, “Bolaning ota-onasi o‘rniga o‘zingizni qo‘yib ko‘ring. O‘rnida sizning bolangiz bo‘lsa ham shunday dermidingiz? Hatto oilada ham bolaga zo‘ravonlik ishlatilmasin deyapmiz. Shu holatda o‘qituvchini oqlashga qanday asos ko‘ryapsiz? Nima sabab bo‘lgan taqdirda ham uning bolaga bu darajada azob berishga qanday haqqi bor? O‘qituvchining gavdasini qarang, bolaning gavdasini qarang. Ikkalasining vazni, kuchi tengmi? Mana shu kaltaklashda bir urib o‘ldirib qo‘ysa nima bo‘ladi? Bu erkak agar oilali bo‘lsa xotinini ham, bolasini ham shunday kaltaklashdan qaytmaydi deb kim kafolat beradi? Shumi o‘qituvchi, pedagog? Qanday asos bo‘lgan taqdirda ham hech kim bu ‘o‘qituvchi’ga bolaga jismoniy zo‘ravonlik qilishiga huquq bermagan. ‘Sabab bordir’, debsiz. Sabab bor, albatta. Bu holatda bo‘lmasligi mumkin emas. Agar shu o‘qituvchi pedagoglik mahoratini egallaganida nima sabab bo‘lgan taqdirda ham jahlini jilovlab, bolani sudrab direktor xonasiga olib borib, ota-onasini chaqirtirishga aqli yetgan bo‘lardi. G‘azabini jilovlash qo‘lidan kelmaydigan, jahl otiga minganida ko‘ziga hech narsa ko‘rinmaydigan ruhiy kasalmi-u? Pedagog bo‘lsa, bolaning keyingi taqdiriga javobgar bo‘lsa, avvalo o‘zining ruhiy holatiga javob bersin. Kuchini bolani ushlab turishga ishlatib ota-onasini chaqirtirsin, direktorga olib borsin. Sal qolsa o‘ldirib qo‘yadigan qilib urmasin”, deydi.

    Foto: Skrinshot

    Foto: Skrinshot

    Tarmoq foydalanuvchisi Muzaffar Sayfiddinov ham Laylo Rustamovaning bu chiqishiga javoban “Siz kabilar tufayli bo‘ladi bunday holatlar. Uzi aybdor bo‘lsa kerak deb oqlaganlar ushbu chala-pedagoglarga kuch ishlatishga ruxsat berganday bo‘ladi. Nafaqat pedagog, balki o‘z ota-onasi ham qo‘l ko‘tarmasligi kerak bolaga. Nima qilishining farqi yo‘q. Nima qilgan taqdirda ham u kuch ishlatishga sabab bo‘la olmaydi”, — deydi.

    Foto: Skrinshot

    Foto: Skrinshot

    Bloger Mufasa vazirlik mas’uliga murojaat qilib, “Agar bu bola o‘zini joniga qasd qilsa-chi? Shunda ham o‘qituvchiga advokatlik qilib o‘tirasizmi?”, — deb savol berdi, biroq savol ochiq qoldi.

    Foto: Skrinshot

    Foto: Skrinshot

    Yana bir jurnalist Mirolim Isajonov “Rostdan o‘zidan o‘zi urmaydi-ku odam odamni. Matbuot kotib sifatida holatning tagiga yetish kerak deyapti. Bu gapni deyarli hamma matbuot kotib har qanaqa holatga nisbatan ishlatadi. Ammo o‘qituvchi o‘quvchini ayamay urgani achinarli”, — deydi.

    Foto: Skrinshot

    Foto: Skrinshot

    “Daryo” mazkur mavzu yuzasidan bo‘layotgan muhokamalarni kuzatishda davom etadi.

    15.10.2022, 12:38   Izoh (0)   60577
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 36 mlrd dollardan oshdi

    15.10.2022, 11:57

    Zangiota va Bo‘kada umumiy hisobda 28 ming dollarlik noqonuniy dori vositalarining savdosiga chek qo‘yildi

    15.10.2022, 10:58

    O‘zbekiston eksportidagi top-10 hamkor davlatlar nomi ma’lum bo‘ldi

    15.10.2022, 10:39

    Namanganda o‘qituvchi o‘quvchini ayovsiz kaltakladi. Viloyat IIB holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv boshlanganini ma’lum qildi

    15.10.2022, 09:40

    O‘zbekiston eng ko‘p mahsulotni Xitoydan import qilmoqda

    15.10.2022, 09:15

    Toshkentda texnik inspektor 400 dollar olganda ushlandi

    15.10.2022, 08:46
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10

    Saudiya Arabistoni Superkubogi. “Al-Ahli” Ronaldu boshchiligidagi “An-Nassr”ni mag‘lub etib bosh sovringa ega chiqdi

    Sport | 23 avgust, 19:50

    O‘tgan 32 yil: Sobiq Sovet davlatlarida aholi jon boshiga daromad qanday o‘zgardi?

    O‘zbekiston | 23 avgust, 19:39

    “Ukraina hududlarini berish — Rossiyaning tuzog‘i” — YI oliy vakili

    Dunyo | 23 avgust, 19:00

    APL. “Manchester Siti” “Tottenhem”ga imkoniyatni boy berdi. Husanov maydonga tushmadi

    Sport | 23 avgust, 18:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.