Qozog‘istonda 14-oktabr kuni sodir bo‘lgan ikkita zilzila kuchi O‘zbekistonda sezildi.
FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabariga ko‘ra, birinchi zilzila Toshkent vaqti bilan 04:39 da qayd etilgan. Zilzila o‘chog‘i 15 kilometr chuqurlikda, magnitudasi 5,2 ballga teng bo‘lgan. O‘zbekistonda sezilish kuchi Toshkent tumanida 2 ballni tashkil qilgan.
Ikkinchisi esa soat 05:16 da qayd etilgan bo‘lib, episentrida magnitudasi 2,6 ballga teng bo‘lgan. Uning kuchi ham faqat Toshkent tumanida sezilgan (2 ball).
So‘nggi marta 11-oktabr kuni Afg‘onistonda sodir bo‘lgan ikkita zilzila O‘zbekistonda sezilgandi.
Izoh (0)