Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 17-oktabrda amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 23,20 so‘mga ko‘tarilib, 11 131,45 so‘mni tashkil qildi. Yevro 27,02 so‘mga oshib, 10 830,90 so‘m bo‘ldi. Rubl 1,20 so‘mga ko‘tarilib, 176,62 so‘m bo‘ldi.
Bundan avval dollarning rasmiy kursi ketma-ket to‘rt kun ko‘tarilib, 11 108,25 so‘mni tashkil qilgandi. Yevro va rubl kursi ham ko‘tarilishda davom etmoqda.
Izoh (0)