Yevropa kengashi parlament assambleyasi Rossiya Federatsiyasini terrorchi davlat deb atagan rezolyutsiyani tasdiqladi, deya xabar beradi “Politika Ukraini”.
Zalda o‘tirgan 99 nafar kengash a’zosi qarorni yoqlab ovoz berdi. Ulardan faqat bir nafari ovoz berishda betaraf qoldi va qaror bir ovozdan ma’qullandi.
Avvalroq BMT Bosh assambleyasi Ukraina hududlarining Rossiya tomonidan bosib olinishini qoralovchi rezolyutsiyani qabul qilgani va unda O‘zbekiston betaraf qolgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)