Agar AQSH tomonidan taklif kiritilsa, Kreml G20 sammitida Rossiya va Amerika prezidentlarining uchrashish imkoniyatini ko‘rib chiqishga tayyor. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ma’lum qildi.
Avvalroq AQSH prezidenti Jo Bayden G20 yetakchilarining navbatdagi yig‘ilishida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashishni istisno qilmagan edi.
Yuzma-yuz uchrashuv va muzokaralar bo‘lishi mumkinmi, degan savolga Bayden “Ko‘ramiz”, deb javob bergan.
G20 sammiti (eng rivojlangan va rivojlanayotgan iqtisodiyotiga ega mamlakatlar, jumladan, Yevropa Ittifoqi davlatlari, AQSH, Rossiya, Xitoy, Buyuk Britaniya, Braziliya, Saudiya Arabistoni va boshqalarni birlashtiradi) 15—16-noyabr kunlari Balida bo‘lib o‘tadi. Indoneziya aprel oyida G20 yetakchilariga taklif yuborgan. Ukraina assotsiatsiyaga a’zo bo‘lmasa-da, tadbirga prezident Vladimir Zelenskiy ham taklif etilgan.
Izoh (0)